Tojikiston Afg‘oniston tomonidan terrorchilar bosimi kuchayganini ma’lum qildi

© AP Photo / Muhammed MuheisenVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, afg‘on-tojik chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda.
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Afg‘on-tojik chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bu haqda Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalariga oid Dehli mintaqaviy muloqot doirasida ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Mahmudzodaning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston tomonidan terrorchilik tahdidi kuchaymoqda.
“Afg‘on-tojik chegarasidagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda, Afg‘oniston hududidan terrorchilik tahdidi kuchaymoqda”, - dedi u.
Mahmudzoda Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga “Tolibon”* harakatining kelishi mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy va geosiyosiy vaziyatga sezilarli o‘z tuzatishlarini kiritgan.
U Tojikistonning Afg‘oniston bilan uzun chegarasi borligini eslatdi va shu bois respublika “mintaqaga terrorizm, ekstremizm, narkotik kondrabandasi va boshqa transmilliy jinoyatchilik turlari tarqalishiga qarshi kurashishdagi oldingi qatorda” bo‘lib qolgan.
Nyu-Dehlida Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalariga oid Dehli mintaqaviy muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari qatnashmoqda.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Lavrov: Markaziy Osiyoga Afg‘onistondan terrorizmning “oqib o‘tishiga” yo‘l qo‘ymaslik muhim

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0