Lavrov: Markaziy Osiyoga Afg‘onistondan terrorizmning “oqib o‘tishiga” yo‘l qo‘ymaslik muhim

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat muhim ahamiyatga ega.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarda vaziyat beqarorlashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Bu haqda Rossiya TIV Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Avvalo, bu qo‘shni mamlakatlarning beqarorlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, Afg‘onistondan terrorchilik va narkotik tahdidlari “oqib o‘tishiga” yo‘l qo‘ymaslik zaruriyati; bu tahdidlarni Afg‘onistonning o‘zida yo‘q qilish zaruriyati”, - dedi Lavrov "Rossiya-24" telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat muhim ahamiyatga ega.
“Biz uchun eng muhimi – bu ularning barqarorligi, chunki Markaziy Osiyodan bo‘lgan ittifoqchilarimiz bilan bizning hech qanday chegaramiz yo‘q, deyarli hammasi bilan vizasiz rejim”, - deya qo‘shimcha qildi Lavrov.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii foruma Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Putin: terrorchilar Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga yoyilishni boshlashi mumkin

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0