Energetika vazirligi ayrim joylarda nega svet o‘chayotganiga izoh berdi

© AFP 2023 / ANNE-CHRISTINE POUJOULATElektricheskiy schetchik
Elektricheskiy schetchik  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi kamaygan.
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Joriy yilda suv tanqisligi tufayli O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamaydi. Bu esa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kamayishi kuzatilmoqda va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda”, - deya yozadi Energetika vazirligi.
Ta’kidlanishicha, bu gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bog‘liq. Ehtiyojni to‘liq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi yetishmasligi yuzaga kelgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Prezident: odamlar svet, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi
2019 yilda GESlarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ko‘rsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soatga yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni tashkil etmoqda.
Mazkur 1 mlrd 200 mln kVt soat elektr energiya bilan respublika aholi iste’molchilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
Vazirlik joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari to‘planmagani nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni respublikalarda ham kuzatilayotganiga e’tibor qaratgan.
“Shunga qaramasdan, mamlakatimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stansiyalar orqali rejada ko‘rsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Obmelevshiy bereg Toktogulskogo vodoxranilisha v Djalal-Abadskoy oblasti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Qirg‘iziston qo‘shnilarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0