Qirg‘iziston qo‘shnilarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi

© Sputnik / Akilbek BatirbekovObmelevshiy bereg Toktogulskogo vodoxranilisha v Djalal-Abadskoy oblasti. Arxivnoe foto
Obmelevshiy bereg Toktogulskogo vodoxranilisha v Djalal-Abadskoy oblasti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistondagi Toqtogul suv ombori sathi kamayishi O‘zbekistonga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan Toqtogul suv omborining suv sathi “o‘lik chegara” darajasigacha tushishi ehtimoli bor. Bu haqda Qirg‘iziston energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJmatbuot xizmati.
Ibrayev Bishkekda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi Elektr energetika muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ushbu suv omborining sathi kamayishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Bu holat mintaqada kelgusi yil vegetatsiya davrini muvaffaqiyatli o‘tishga imkon bermaydi va, o‘z-o‘zida ma’lumki, Toqtogul suv omboriga tutash darolar oqib o‘tadigan qo‘shni mamlakatlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi”, - dedi u.
Qirg‘istonlik amaldor vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zaruriyati mavjudligini qayd etdi.
Yig‘ilishida energiya resurslari tanqisligi va uning tannarxi keskin oshib borayotgani, dunyo va mintaqada suv tanqisligi tufayli kuzatilayotgan energetika inqirozi muhokama qilindi.
Toktogulskaya GES v Kirgistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Qirg‘iziston elektr energiya ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonga suv yetkazib bermoqda - video
Yangiliklar lentasi
0