https://oz.sputniknews.uz/20211109/afrosiyob-poezdlarida-yangi-qulaylik-yaratildi-21283756.html
“Afrosiyob” poyezdlarida yangi qulaylik yaratildi
“Afrosiyob” poyezdlarida yangi qulaylik yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu qulaylikdan “Afrosiyob” tezurar poyezdlarida, xususan, mamlakatdagi poyezdlarning uchtasida ishlab kelmoqda.
2021-11-09T19:06+0500
2021-11-09T19:06+0500
2021-11-09T19:06+0500
jamiyat
internet
tezurar poyezd
o‘zbekiston temir yo‘llari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/11/20538511_0:94:3072:1822_1920x0_80_0_0_b18aa3d7614ae769c26358f5332800fc.jpg
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Tezurar “Afrosiyob” poyezdlarida Intranet, ya’ni ixcham Internet ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xabar berdi.Bugungi kunda ushbu qulaylikdan “Afrosiyob” poyezdlarida, xususan, mamlakatdagi poyezdlarning uchtasida ishlab kelmoqda. Yana birida ushbu tizimni o‘rnatish va uni ishga tushirish jarayoni yakuniga yetkazilmoqda.Ushbu platforma maxsus serverlarda joylashgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda. Ushbu tizimdan foydalanish uchun yo‘lovchi login va parol bilan ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Shuningdek, Google, Facebook, Telegram kabi boshqa platform xizmatlari orqali ham autentifikatsiya qilish mumkin. Agar mijozda o‘z akkaunti mavjud bo‘lmasa, maxsus ro‘yxatdan o‘tish shaklidan foydalanib, uni yaratish imkoniyati joriy etildi.Poyezdda o‘rnatilgan Wi-Fi tarmog‘i orqali istalgan shaxsiy mobil qurilma (smartfon, planshet, noutbuk)larda kirish mumkin. Shuningdek, ushbu xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.Yo‘lovchi restoran-vagon va bufetida ovqatlanish uchun onlayn buyurtma berish imkoniyatiga ega. Filmlar, kliplar, musiqa, futbol o‘yinlari, safardagi yo‘nalish haqida qo‘shimcha ma’lumot, mamlakatning diqqatga sazovor manzillar bilan tanishish mumkin.Yaqin kelajakda ushbu xizmat turi mamlakatimizdagi boshqa yo‘lovchi poyezdlariga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.Intranet – bu to‘liq Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda qo‘llaniladigan tizimdir.
https://oz.sputniknews.uz/20211001/oltinchi-tezyurar-afrosiyob-poezdi-toshkentda-kutib-olindi-20727670.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/11/20538511_250:0:2981:2048_1920x0_80_0_0_2f3ac0d9556e9fc401cb81e4e1264259.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afrosiyob poyezd internet intranet tezurar poyezd
afrosiyob poyezd internet intranet tezurar poyezd
“Afrosiyob” poyezdlarida yangi qulaylik yaratildi
Ushbu platforma maxsus serverlarda joylashgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda.
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Tezurar “Afrosiyob” poyezdlarida Intranet, ya’ni ixcham Internet ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot
xabar berdi.
Bugungi kunda ushbu qulaylikdan “Afrosiyob” poyezdlarida, xususan, mamlakatdagi poyezdlarning uchtasida ishlab kelmoqda. Yana birida ushbu tizimni o‘rnatish va uni ishga tushirish jarayoni yakuniga yetkazilmoqda.
Ushbu platforma maxsus serverlarda joylashgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda. Ushbu tizimdan foydalanish uchun yo‘lovchi login va parol bilan ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Shuningdek, Google, Facebook, Telegram kabi boshqa platform xizmatlari orqali ham autentifikatsiya qilish mumkin. Agar mijozda o‘z akkaunti mavjud bo‘lmasa, maxsus ro‘yxatdan o‘tish shaklidan foydalanib, uni yaratish imkoniyati joriy etildi.
Poyezdda o‘rnatilgan Wi-Fi tarmog‘i orqali istalgan shaxsiy mobil qurilma (smartfon, planshet, noutbuk)larda kirish mumkin. Shuningdek, ushbu xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.
Yo‘lovchi restoran-vagon va bufetida ovqatlanish uchun onlayn buyurtma berish imkoniyatiga ega. Filmlar, kliplar, musiqa, futbol o‘yinlari, safardagi yo‘nalish haqida qo‘shimcha ma’lumot, mamlakatning diqqatga sazovor manzillar bilan tanishish mumkin.
Yaqin kelajakda ushbu xizmat turi mamlakatimizdagi boshqa yo‘lovchi poyezdlariga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Intranet – bu to‘liq Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda qo‘llaniladigan tizimdir.