Oltinchi tezurar Afrosiyob poyezdi Toshkentda kutib olindi - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Temir yo‘llari: yaqin kelajakda tezurar poyezdlarning Buxorodan Xivagacha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Bugun Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzalida oltinchi “Afrosiyob” tezurar poyezdi tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Yangi poyezd 2ta bosh lokomoti va 11ta yo‘lovchi vagonlardan iborat, jumladan 2ta biznes, 2ta VIP, 6ta ekonom va 1ta “bistro” toifasidagi vagonlar bo‘ladi. Jami o‘rindiqlar soni 286ta.
Yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar, yaqin kelajakda Buxoro va Xiva orasida ham qatnay boshlaydi. Ayni damda ushbu yo‘nalish elektrlashtirish ishlari tugatilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVstrecha novogo skorostnogo poyezda Afrosiyob v Tashkente
Vstrecha novogo skorostnogo poyezda Afrosiyob v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Vstrecha novogo skorostnogo poyezda Afrosiyob v Tashkente
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tezurar “Afrosiyob” poyezdining dastlabki ikktasi O‘zbekistonga ilk bor 2011-yilda olib kelingan edi. Keyingi jufti 2017-yilda olib kelindi. Beshinchi poyezd mustaqillikning 30-yilligi arafasida, va oltinchisi 1-oktabr kuni kirib keldi.
Ikkita "Talgo-250" rusumli yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma qiymati 57,5 million yevroni tashkil etdi. Shartnomani moliyalashtirish Ispaniyaning “FIEM” jamg‘armasi omonidan amalga oshirildi.
Ushbu poyezdlar soatiga 230 km tezlikgacha harakatlanishi mumkin. Poyezdlar Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani 2 soat 08 daqiqa, Buxorogacha 3 soat 51 daqiqa va Qarshigacha 3 soat 21 daqiqada bosib o‘tmoqda. Yaqin kelajakda Buxoro - Urgench yo‘nalishida ham tezurar poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0