O‘zbekiston qishki sovuqda gazni qayerdan oladi?

© SputnikGazovaya truba
Gazovaya truba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Obuna bo‘lish
Qishki sovuqda O‘zbekiston gazni xorijdan sotib oladi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Kuchli sovuq ob-havo fonida gaz yetishmovchiligi yuzaga kelsa, kelgusi qishda O‘zbekiston xorijdan gaz import qilishni boshlashi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati RIA Novosti’ga ma’lum qildi.
“Anomal sovuq ob-havo va ichki resurslar yetishmasa aholisi va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni ta’minlash maqsadida xorijdan gaz xarid qilinishi mumkin”, — dedi Energetika vazirligi vakili.
Bu boradagi yakuniy qarorni O‘zbekiston hukumati qabul qiladi.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusi kuz-qish mavsumida respublikada ichki iste’molchilarga 32 milliard 622 million kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, yer osti omborlariga esa 3 milliard kub metrdan ortiq gaz qo‘yilgan.
Gazovie balloni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Aholidan gaz o‘g‘irlagan jinoiy guruhga mansabdorlar va organ xodimlari rahnamolik qilgan
O‘zbekistondagi mavsumiy gaz iste’molchilari ro‘yxatiga gaz quyish shoxobchalari, issiqxonalar, bir qator qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari kiradi.
“Havo harorati keskin pasayganda, qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq mavsumiy iste’molchilar muqobil yoqilg‘iga o‘tishlari shart, bo‘shatilgan gaz hajmlari esa qo‘shimcha ravishda ijtimoiy soha, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar va aholiga ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi", - deb ma’lum qilindi vazirlikda.
Yangiliklar lentasi
0