https://oz.sputniknews.uz/20211108/aholidan-gaz-ogirlagan-jinoiy-guruhga-mansabdorlar-va-organ-xodimlari-rahnamolik-qilgan-21259404.html
Aholidan gaz o‘g‘irlagan jinoiy guruhga mansabdorlar va organ xodimlari rahnamolik qilgan
Aholidan gaz o‘g‘irlagan jinoiy guruhga mansabdorlar va organ xodimlari rahnamolik qilgan
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda aholiga ajratilgan gazni talon-toroj qilgan mansabdorlar guruhi fosh qilindi. 08.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-08T14:31+0500
2021-11-08T14:31+0500
2021-11-08T14:36+0500
hodisalar
gaz
samarqand viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/151/28/1512839_0:113:3241:1936_1920x0_80_0_0_0bb91f47c10b739fad879f67fb49f9b7.jpg
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Samarqand viloyatida gazni talon-toroj qilib kelayotgan jinoiy guruh ushlandi, deb xabar qilmoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.Guruh Past Darg‘om tumanidagi “Samarqand gaz to‘ldirish stansiyasi”dan aholi xonadonlariga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan gazni yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan.Ular “Nurobod gaz servis” MChJga qarashli “DAF” 20 tonna sig‘imli yuk avtomashinasida suyultirilgan uglevodorodli (propan) gazni muntazam tashish bilan shug‘ullanishgan.Hozirda jinoiy uyushmaning 6 a’zosi hibsga olingan. Bu raqamlar ko‘lami kengayishi kutilmoqda. Chunki guruhga bir qator mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari rahnamolik qilib kelishgani aniqlangan.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Viloyat prokurori ishni shaxsan nazoratiga olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20211026/qaysi-hududda-koproq-gaz-ogirlanyapti-21100667.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/151/28/1512839_254:0:2985:2048_1920x0_80_0_0_005f6d824fff8bcc218fb63215bee836.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , gaz, samarqand viloyati
hodisalar , gaz, samarqand viloyati
Aholidan gaz o‘g‘irlagan jinoiy guruhga mansabdorlar va organ xodimlari rahnamolik qilgan
14:31 08.11.2021 (yangilandi: 14:36 08.11.2021) Samarqandda aholiga ajratilgan gazni talon-toroj qilgan mansabdorlar guruhi fosh qilindi.
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Samarqand viloyatida gazni talon-toroj qilib kelayotgan jinoiy guruh ushlandi, deb
xabar qilmoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Guruh Past Darg‘om tumanidagi “Samarqand gaz to‘ldirish stansiyasi”dan aholi xonadonlariga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan gazni yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan.
Ular “Nurobod gaz servis” MChJga qarashli “DAF” 20 tonna sig‘imli yuk avtomashinasida suyultirilgan uglevodorodli (propan) gazni muntazam tashish bilan shug‘ullanishgan.
Hozirda jinoiy uyushmaning 6 a’zosi hibsga olingan. Bu raqamlar ko‘lami kengayishi kutilmoqda. Chunki guruhga bir qator mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari rahnamolik qilib kelishgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Viloyat prokurori ishni shaxsan nazoratiga olgan.