Ayrim turdagi mevalar import bojidan ozod qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrilavok s fruktami i ovoshami
Prilavok s fruktami i ovoshami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Obuna bo‘lish
Ayrim turdagi mevalar import bojidan ozod qilindi
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini to‘liq qondirish, narxlar oshib ketishi va aholi real daromadlari pasayishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 7-oktabr kuni “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Banan, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
O‘zbekistonda banan va sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilinadi
DBQ ma’lumotiga ko‘ra, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining mavsumiy oshishining oldini olish maqsadida 2022-yil 1-mayga qadar:
- bananlar, shu jumladan plantaynlar (yangi yoki quritilgan);
- yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayava, mango va mangostan yoki garsiniya;
- yangi yoki quritilgan sitrus mevalar;
- yangi papayya;
- yangi olma, nok va behi;
- kivi tovarlari istisno tariqasida, bojxona bojidan ozod qilindi.
Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
O‘zbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
Shuningdek, mazkur qaror bilan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 200 mlrd. so‘m miqdordagi mablag‘larni tegishli tijorat banklariga ularning so‘rovlariga asosan 2022-yil 1-iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirish belgilab qo‘yildi.
Qaror bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga likvidli garov ta’minoti asosida o‘simlik yog‘i, kartoshka, go‘sht (mol, qo‘y, parranda go‘shti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik
4 foizlik stavkada ajratilishi belgilab qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0