O‘zbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya

© PixabayFrukti na rinke
Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili O‘zbekiston qiymati 1 mlrd dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi. Shundan 255,4 million dollari Rossiyaga hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 2020 yilda O‘zbekiston qiymati 1 mlrd dollarga teng bo‘lgan 1,5 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
“Rossiya temir yo‘llari” o‘zbek meva va sabzavotlarini tashishga 50 foiz chegirma joriy etdi
O‘zbekiston meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya  255,4 million dollar bilan birinchi o‘rinda. Qozog‘iston (251,4 mln dollar), Qirg‘iziston (181,1 mln dollar) keyingi asosiy xaridorlar bo‘lgan.
Shuningdek, o‘zbek meva-sabzavotlari Pokiston (75,5 mln $), Xitoy (70,1 mln $), Afg‘oniston (49,4 mln $), Turkiya (19,4 mln $), Germaniya (6,3 mln $), BAA (4,6 mln $) kabi davlatlarga eksport qilingan.
2020 yilda Toshkent viloyati (347,8 ming tonna), Farg‘ona viloyati (207,2 ming tonna), Samarqand viloyati (144,4 ming tonna) xorijga eng ko‘p meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0