https://oz.sputniknews.uz/20211107/tursunali-qoziev-madaniy-meros-agentligi-rahbari-boldi-21245293.html
Tursunali Qo‘ziyev Madaniy meros agentligi rahbari bo‘ldi
Tursunali Qo‘ziyev Madaniy meros agentligi rahbari bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
5 noyabrdan Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyev tayinlandi.
2021-11-07T11:01+0500
2021-11-07T11:01+0500
2021-11-07T11:01+0500
siyosat
yangi tayinlov
madaniy meros agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_36:0:1766:973_1920x0_80_0_0_202096c91c2efacf29f8a5484603d150.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. 5-noyabrdan Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyev tayinlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.U 1951-yil 18-noyabrda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1976-yil Benkov nomidagi bilim yurtini, 1982-yil Toshkent san’at institutini tamomlagan.Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on shahar bosh rassomi, viloyat madaniyat fondi raisi, Respublika badiiy bilim yurti direktori lavozimlarida ishlagan.1995 yildan keyin Prezident devoni konsultanti, madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi sifatida ishlagan.2011—2013 yillar mobaynida madaniyat va sport ishlari vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2013—2016 yillarda Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika kafedrasi professori bo‘lgan.Madaniy meros rahbarligiga tayinlanishdan oldin esa Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi prezident qarori bilan 2021-yil iyunida tashkil etilgan edi. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish agentlikning asosiy vazifalaridan sanaladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211012/butunrossiya-davlat-kinematografiya-institutining-toshkent-filialiga-yangi-direktor-tayinlandi-20866430.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_252:0:1549:973_1920x0_80_0_0_353381cc1b550ae5443dd50838c7a773.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniy meros agentligi direktori, tursunali qo‘ziyev
madaniy meros agentligi direktori, tursunali qo‘ziyev
Tursunali Qo‘ziyev Madaniy meros agentligi rahbari bo‘ldi
Sobiq madaniyat vaziri 5-noyabrdan Madaniy meros agentligi direktori bajaruvchisi lavozimiga kirishdi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. 5 noyabrdan Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyev tayinlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
U 1951-yil 18-noyabrda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1976-yil Benkov nomidagi bilim yurtini, 1982-yil Toshkent san’at institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on shahar bosh rassomi, viloyat madaniyat fondi raisi, Respublika badiiy bilim yurti direktori lavozimlarida ishlagan.
1995 yildan keyin Prezident devoni konsultanti, madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi sifatida ishlagan.
2011—2013 yillar mobaynida madaniyat va sport ishlari vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2013—2016 yillarda Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika kafedrasi professori bo‘lgan.
Madaniy meros rahbarligiga tayinlanishdan oldin esa Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi prezident qarori bilan 2021-yil iyunida
tashkil etilgan edi. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish agentlikning asosiy vazifalaridan sanaladi.