Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filialiga yangi direktor tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFilial VGIKa v Tashkente
Filial VGIKa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
BDKI filiali direktori vazifasini bajarish Eldor Yuldashevga topshirildi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Eldor Yuldashev Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) filiali direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Eldor Yuldashev bungacha Kinematografiya agentligi ijro apparati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur filial prezidentning 2021-yil 28-avgustdagi qarori bilan bilan tashkil etilgan. 1-oktabr kuni ushbu filialning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi. Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Talabalar dramaturgiya va kinoproduserlik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishadi. Kelajakda filial faoliyatini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0