https://oz.sputniknews.uz/20211107/qozogistondagi-konda-fojia-olti-kishi-qurbon-boldi-21250118.html
Qozog‘istondagi konda fojia: olti kishi qurbon bo‘ldi
Qozog‘istondagi konda fojia: olti kishi qurbon bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Abay shahridagi Abay konida metan otilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.
2021-11-07T16:33+0500
2021-11-07T16:33+0500
2021-11-07T16:35+0500
dunyoda
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07/33/073303_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_e5fc1c9fb6766e956c3d61df4a47cddc.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Abay shahridagi Abay konida fojia ro‘y berdi – metan otildi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yuz bergan vaqtda konda 64 ishchi bo‘lgan, ulardan 56 nafari mustaqil ravishda tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan 8 konchi foydali qazilma kovlab olinadigan joyda bo‘lgan.Sputnik Qozog‘iston nashrining xabar qilishicha, hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi esa jarohatlangan.Jarohatlangan 2 konchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Kondagi ishlar vaqtincha to‘xtatilgan.Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin topshirig‘i bilan voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boshchiligidagi komissiya yo‘l olgan. Voqea sabablari va tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda.Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Qarag‘anda viloyatida konchilarning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Davlat rahbari hukumatga jabrlangan konchilarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish to‘g‘risida topshiriq bergan.
https://oz.sputniknews.uz/20211028/olma-ota-viloyatida-tartibsizliklar-bir-osmir-ogir-ahvolda-21137237.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07/33/073303_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_74991fe509e5a12e3ef18b2d2240dcda.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘istonda konda metan otilishi, fojia, qozog‘iston, kon
qozog‘istonda konda metan otilishi, fojia, qozog‘iston, kon
Qozog‘istondagi konda fojia: olti kishi qurbon bo‘ldi
16:33 07.11.2021 (yangilandi: 16:35 07.11.2021) Abay konida ro‘y bergan fojiada olti konchi hayotdan ko‘z yumdi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Abay shahridagi Abay konida fojia ro‘y berdi – metan otildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yuz bergan vaqtda konda 64 ishchi bo‘lgan, ulardan 56 nafari mustaqil ravishda tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan 8 konchi foydali qazilma kovlab olinadigan joyda bo‘lgan.
Sputnik Qozog‘iston nashrining
xabar qilishicha, hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi esa jarohatlangan.
Jarohatlangan 2 konchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Kondagi ishlar vaqtincha to‘xtatilgan.
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin topshirig‘i bilan voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boshchiligidagi komissiya yo‘l olgan. Voqea sabablari va tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Qarag‘anda viloyatida konchilarning vafoti munosabati bilan
hamdardlik bildirgan. Davlat rahbari hukumatga jabrlangan konchilarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish to‘g‘risida topshiriq bergan.