https://oz.sputniknews.uz/20211028/olma-ota-viloyatida-tartibsizliklar-bir-osmir-ogir-ahvolda-21137237.html
Olma-Ota viloyatida tartibsizliklar: bir o‘smir og‘ir ahvolda
Olma-Ota viloyatida tartibsizliklar: bir o‘smir og‘ir ahvolda
Sputnik O‘zbekiston
Ommaviy janjal oqibatida bosh suyagi sinib, og‘ir jarohat olgan o‘smir Olma-Ota shahar shifoxonasida davolanmoqda. 28.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-28T15:47+0500
2021-10-28T15:47+0500
2021-10-28T15:47+0500
dunyoda
qozog‘iston
olmaota
mojaro
shifoxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/338/58/3385883_14:0:976:541_1920x0_80_0_0_1db776ff67a8095157b200583ce0fcef.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Olma-Ota viloyati Sog‘liqni saqlash bo‘limi xabarig ko‘ra, Pidjim qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan so‘ng 16 yoshli o‘smir og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2005-yilda tug‘ilgan o‘smirning bosh suyagi sinish ochiq jarohati bilan 27-oktabr kuni Panfilov nomidagi ko‘p profilli shifoxonagay joylashtirilgan. Bemorning umumiy ahvoli og‘ir.Viloyat politsiyasi xabariga ko‘ra, maktab o‘quvchisi ushbu og‘ir jarohatni o‘quvchilar orasida sodir bo‘lgan janjal oqibatida olgan. Ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi JKning 106 moddasi 2-bo‘limi “Sog‘lig‘iga qasddan og‘ir jarohat yetkazish” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Barcha gumonlanuvchilar hibsga olingan.Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolavhalarga ko‘ra, maktab hovlisida bo‘libo‘tgan janjaldan so‘ng Pidjim qishlog‘ida qozoq va uyg‘ur millati vakillari orasida tartibsizliklar sodir bo‘lgan. Bir necha uylar, moshinalarning oynalari sindirilgan.Qozog‘iston Xalqlar assambleyasining rasmiy vakili Mayya Bekbayeva aytishiga ko‘ra, Olma-Ota viloyati Penjim qishlog‘ida millatlararo mojaro sodir bo‘lmagan.Bekbayeva aytishiga ko‘ra, mahalliy aholi maktabda sodir bo‘lgan mojarodan so‘ng to‘plangan. Ayrim yoshlar, “provokatorlar ta’siri ostida” mahalliy aholi uylariga tosh otgan. Lekin hozir u yerda vaziyat tinch va huquqni saqlash organlari nazorati ostida.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/338/58/3385883_134:0:855:541_1920x0_80_0_0_99e6e8db7cdf796b24f48ae7a66ff304.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston, olmaota, mojaro, shifoxona
dunyoda, qozog‘iston, olmaota, mojaro, shifoxona
Olma-Ota viloyatida tartibsizliklar: bir o‘smir og‘ir ahvolda
Ommaviy janjal oqibatida bosh suyagi sinib, og‘ir jarohat olgan o‘smir Olma-Ota shahar shifoxonasida davolanmoqda.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Olma-Ota viloyati Sog‘liqni saqlash bo‘limi xabarig ko‘ra, Pidjim qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan so‘ng 16 yoshli o‘smir og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Sputnik Qozog‘iston
xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2005-yilda tug‘ilgan o‘smirning bosh suyagi sinish ochiq jarohati bilan 27-oktabr kuni Panfilov nomidagi ko‘p profilli shifoxonagay joylashtirilgan. Bemorning umumiy ahvoli og‘ir.
Viloyat politsiyasi xabariga ko‘ra, maktab o‘quvchisi ushbu og‘ir jarohatni o‘quvchilar orasida sodir bo‘lgan janjal oqibatida olgan. Ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi JKning 106 moddasi 2-bo‘limi “Sog‘lig‘iga qasddan og‘ir jarohat yetkazish” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Barcha gumonlanuvchilar hibsga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolavhalarga ko‘ra, maktab hovlisida bo‘libo‘tgan janjaldan so‘ng Pidjim qishlog‘ida qozoq va uyg‘ur millati vakillari orasida tartibsizliklar sodir bo‘lgan. Bir necha uylar, moshinalarning oynalari sindirilgan.
Qozog‘iston Xalqlar assambleyasining rasmiy vakili Mayya Bekbayeva aytishiga ko‘ra, Olma-Ota viloyati Penjim qishlog‘ida millatlararo mojaro sodir bo‘lmagan.
“Qishloq aholisi orasida millatlararo mojaro sodir bo‘lgani yo‘q. Mahalliy aholi qozoqlar va uyg‘urlar – do‘st va qo‘shnilar. Ularning barchasi tinch xotirjam hayot kechirishni istaydi”, - dedi rasmiy vakil.
Bekbayeva aytishiga ko‘ra, mahalliy aholi maktabda sodir bo‘lgan mojarodan so‘ng to‘plangan. Ayrim yoshlar, “provokatorlar ta’siri ostida” mahalliy aholi uylariga tosh otgan. Lekin hozir u yerda vaziyat tinch va huquqni saqlash organlari nazorati ostida.