https://oz.sputniknews.uz/20211107/mirziyoev-konstitutsiyamizni-takomillashtirish-masalasini-ham-korib-chiqishimiz-kerak-21244865.html
Mirziyoyev: Konstitutsiyamizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak
Mirziyoyev: Konstitutsiyamizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak
Sputnik O‘zbekiston
Prezident sifatida qasamod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtaldi.
2021-11-07T10:36+0500
2021-11-07T10:36+0500
2021-11-07T10:42+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
konstitutsiya
islohotlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/06/21242133_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d2d51ad278efcb4ad741444ab3670313.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Prezident sifatida qasamod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtaldi.Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida elektorat vakillari tomonidan bugungi kunda hayotning o‘zi, islohotlar mantig‘i talab etayotgan yana bir muhim taklif ilgari surilgan — bu konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish.Mirziyoyevning ta’kidlashicha, agar dunyo tajribasiga nazar tashlansa, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘rish mumkin.O‘zbekiston Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Konstitutsiya muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Shu kunga qadar resupblika konstitutsiyasiga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 14 ta qonun qabul qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20221208/ozbekiston-konstitutsiyasi-21150450.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/06/21242133_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3cda0b612041318fedaef1e000e0ecf2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston konstitutsiyasi, mirziyoyev konstitutsiyani takomillashtirish haqida, konstitutsiya haqida ma’lumotlar, konstitutsiya qachon qabul qilingan,
o‘zbekiston konstitutsiyasi, mirziyoyev konstitutsiyani takomillashtirish haqida, konstitutsiya haqida ma’lumotlar, konstitutsiya qachon qabul qilingan,
Mirziyoyev: Konstitutsiyamizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak
10:36 07.11.2021 (yangilandi: 10:42 07.11.2021) Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida O‘zbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasiga to‘xtaldi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Prezident sifatida qasamod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtaldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida elektorat vakillari tomonidan bugungi kunda hayotning o‘zi, islohotlar mantig‘i talab etayotgan yana bir muhim taklif ilgari surilgan — bu konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish.
Mirziyoyevning ta’kidlashicha, agar dunyo tajribasiga nazar tashlansa, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘rish mumkin.
“Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Konstitutsiya muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Shu kunga qadar resupblika konstitutsiyasiga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 14 ta qonun qabul qilingan.