Dekabrda Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda

© REUTERS / Kim Hong-JiShavkat Mirziyoyev i Mun Chje In
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2021
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llab, uni dekabr oyida Koreyada kutayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil dekabrida Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda. Bu Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan qutlovidan ma’lum bo‘ldi.
Koreya yetakchisi Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga muvaffaqiyatli qayta saylangani bilan qutlagan. U kelgusi besh yilda Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga umid bildirgan.
“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman”, - deyiladi Mun Chje In qutlovida.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda Vengriyaga safar qilishni rejalashtirmoqda
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 2019-yil 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Unga qadar 2017-yil 22-25 noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi amalga oshirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0