Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda Vengriyaga safar qilishni rejalashtirmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri Mirziyoyevga tabrik yo‘llab, kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida shaxsan uchrashishdan umidvor ekanini bildirdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda Vengriyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
“Kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida prezident janoblari bilan shaxsan uchrashishdan umidvorman hamda ushbu tashrif munosabatlarimizni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat bo‘lishiga ishonaman”, - deyiladi uning Shavkat Mirziyoyevga prezident saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.
Joriy yilning mart oyi oxirida Viktor Orban O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish qaratilgan 10 dan ortiq turli hujjatlar imzolangan.
Muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani ham imzoladi.
Davstatqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Vengriya tashqi savdo aylanmasi 2020-yilda 109,3 mln dollarni tashkil etgan.
Podpisanie dokumentov o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Vengriyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
O‘zbekiston va Vengriya qaysi sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi
Yangiliklar lentasi
0