https://oz.sputniknews.uz/20211103/toliblar-afgonistonda-xorijiy-valyutadan-foydalanishni-taqiqladi-21215014.html
Toliblar Afg‘onistonda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi
Toliblar Afg‘onistonda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli mamlakatda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi.
2021-11-03T17:03+0500
2021-11-03T17:03+0500
2021-11-03T17:03+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
tolibon
dollar
afg‘oniston
valyuta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/19/15478618_0:37:3077:1768_1920x0_80_0_0_42c6350246fd103c9230b33106eab019.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli mamlakatda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda harakat vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.“Islom Amirligi barcha afg‘onlarga, do‘konlar egalariga, tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda faqat afg‘oniydan foydalanishni va xorijiy valyutani ishlatmaslikni buyuradi”, - deb yozgan Mujohid Twitter’dagi sahifasida.Farmonga ko‘ra, qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi.Ta’kidlanishicha, xorijiy valyutaning qo‘llanishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday yo‘qotishlar mamlakatning har bir kishisiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Avvalroq Tolo News telekanali Afg‘oniston markaziy banki AQSh dollarini tejash maqsadida xorijdan pul o‘tkazmalarini faqat milliy valyutada berish to‘g‘risidagi farmonni qabul qilgani haqida xabar bergandi.Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishiAvgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20211102/toliblar-ozbekiston-savdo-sotigiga-xalaqit-beryaptimi-21200377.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/19/15478618_348:0:3077:2047_1920x0_80_0_0_ab24179640d5a2f0dc8e9e5e646fc519.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tolibon dollar taqiq valyuta afg‘oniston
tolibon dollar taqiq valyuta afg‘oniston
Toliblar Afg‘onistonda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi
Afg‘oniston muvaqqat hukumati mamlakatda hisob-kitoblar uchun xorijiy valyutadan foydalanish taqiqlandi. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli mamlakatda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda harakat vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi, deya
yozadi RIA Novosti.
“Islom Amirligi barcha afg‘onlarga, do‘konlar egalariga, tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda faqat afg‘oniydan foydalanishni va xorijiy valyutani ishlatmaslikni buyuradi”, - deb yozgan Mujohid Twitter’dagi sahifasida.
Farmonga ko‘ra, qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi.
Ta’kidlanishicha, xorijiy valyutaning qo‘llanishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday yo‘qotishlar mamlakatning har bir kishisiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Avvalroq Tolo News telekanali Afg‘oniston markaziy banki AQSh dollarini tejash maqsadida xorijdan pul o‘tkazmalarini faqat milliy valyutada berish to‘g‘risidagi farmonni qabul qilgani haqida xabar bergandi.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga
bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi
ma’lum bo‘ldi.* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.