https://oz.sputniknews.uz/20211102/toliblar-ozbekiston-savdo-sotigiga-xalaqit-beryaptimi-21200377.html
Toliblar O‘zbekiston savdo-sotig‘iga xalaqit beraptimi?
Toliblar O‘zbekiston savdo-sotig‘iga xalaqit beraptimi?
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni mamlakatda hukumat o‘zgarganiga qaramasdan O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-sotiq qayta tiklanmoqda.
2021-11-02T18:23+0500
2021-11-02T18:23+0500
2021-11-02T18:23+0500
afg‘oniston
iqtisod
o‘zbekiston
savdo
tolibon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21197862_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9b62e8d798c1c8ee50534fff09d74bad.jpg
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-sotiq qayta tiklanmoqda. Afg‘on tomonidagi yetkazib beruvchilar o‘zgarmagan, toliblar tovarlar harakatiga muammo tug‘dirishmayapti.Bu haqda RIA Novostiga “Termez Cargo Centre” logistik markazi direktori Nodirbek Jalilov ma’lum qildi.“Afg‘onistondan yuklar sur’ati o‘smoqda, raqamlar bilan aytish hozircha qiyin, hali aniq hisoblab chiqqanimiz yo‘q, lekin u o‘sib borapti”, - deydi Jalilov.Uning ta’kidlashicha, markaz omborlariga Pokistondan afg‘on vositachi tadbirkorlaridan kartoshka olib kelinmoqda, sentabr o‘rtasiga kelib sitrus mevalarini yetkazib berish boshlanadi.“Afg‘onistondan bo‘lgan yetkazib beruvchilar va ishbilarmonlar avvalgilar bo‘lib qolmoqda. Jiddiy muammolarni (Afg‘onistonning yangi hukumati tomonidan) ko‘rmayapmiz”, - deya qayd etdi markaz direktori.O‘z navbatida, o‘zbek kompaniyalari afg‘on iste’molchilariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishmoqda.Jalilov O‘zbekiston hukumati oktabr oyida sitrus mevalari va kartoshkani import bojxona bojidan ozod qilganini eslatdi. Shu bois Afg‘onistondan keltiriladigan mahsulotlar hajmi o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda Termizdagi logistik markaz orqali Afg‘onistondan 18 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qabul qilingan. Shulardan 95 foizi keyin O‘zbekiston bozorlariga chiqarilgan.Joriy yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 488,9 million dollarni tashkil etgan.Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishiAvgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20211031/tolibon-oz-delegatsiyasining-ozbekistonga-tashrifini-ijobiy-baholadi-21170819.html
https://oz.sputniknews.uz/20211022/toshkent-va-qobulning-qoshma-loyihalari-davom-etmoqda-21035354.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21197862_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_cad5243274540980cfddb6020e7d807c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tolibon, afg‘oniston, o‘zbekiston, toliblar, savdo-sotiq
tolibon, afg‘oniston, o‘zbekiston, toliblar, savdo-sotiq
Toliblar O‘zbekiston savdo-sotig‘iga xalaqit beraptimi?
Afg‘onistonda hukumat o‘zgargandan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi zarar ko‘rdimi?
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-sotiq qayta tiklanmoqda. Afg‘on tomonidagi yetkazib beruvchilar o‘zgarmagan, toliblar tovarlar harakatiga muammo tug‘dirishmayapti.
Bu haqda RIA Novostiga “Termez Cargo Centre” logistik markazi direktori Nodirbek Jalilov ma’lum qildi.
“Afg‘onistondan yuklar sur’ati o‘smoqda, raqamlar bilan aytish hozircha qiyin, hali aniq hisoblab chiqqanimiz yo‘q, lekin u o‘sib borapti”, - deydi Jalilov.
Uning ta’kidlashicha, markaz omborlariga Pokistondan afg‘on vositachi tadbirkorlaridan kartoshka olib kelinmoqda, sentabr o‘rtasiga kelib sitrus mevalarini yetkazib berish boshlanadi.
“Afg‘onistondan bo‘lgan yetkazib beruvchilar va ishbilarmonlar avvalgilar bo‘lib qolmoqda. Jiddiy muammolarni (Afg‘onistonning yangi hukumati tomonidan) ko‘rmayapmiz”, - deya qayd etdi markaz direktori.
O‘z navbatida, o‘zbek kompaniyalari afg‘on iste’molchilariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishmoqda.
Jalilov O‘zbekiston hukumati oktabr oyida sitrus mevalari va kartoshkani import bojxona bojidan ozod qilganini eslatdi. Shu bois Afg‘onistondan keltiriladigan mahsulotlar hajmi o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda Termizdagi logistik markaz orqali Afg‘onistondan 18 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qabul qilingan. Shulardan 95 foizi keyin O‘zbekiston bozorlariga chiqarilgan.
Joriy yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 488,9 million dollarni tashkil etgan.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga
bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi
ma’lum bo‘ldi.* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.