Boks. Serbiyadagi JChda faqat ikki o‘zbekistonlik bokschi medal uchun jang qiladi

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksor Abdumalik Xalakov
Boksor Abdumalik Xalakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha Jahon chempionati yarim finaliga faqat Madiyor Saidrahimov va Abdumalik Xalakov yetib kelishdi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Serbiya poytaxti Belgraddagi boks bo‘yicha jahon chempionatida chorak final janglari yakunlandi.
Yarim final yo‘lida kechgan so‘nggi janglarda Madiyor Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Ulyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Avvalroq Abdumalik Xalakov (-60 kg) o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. U chorak finalda rossiyalik bokschi ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
Afsuski, Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg), Saidjamshid Ja’farov (-75 kg), Lazizbek Mullojonov (+92 kg) va Mujibillo Tursunov (63,5 kg) chorak final bahslarida mag‘lub bo‘lib, chempionatni tark etishdi.
JCh yarim finallari 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Abdumalik Xalakovga Eron vakili Doniyol Shobaxsh, Madiyor Saidrahimovga kubalik bokschi Xulio La Kruz raqiblik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0