Ayrim tadbirkorlarga soliqlarni kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi

© Pexels / Olia DanilevichNalogi
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Obuna bo‘lish
2022 yil 1-yanvardan ayrim tadbirkorlik subyektlariga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga soliqlarni kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi. Bu prezident imzolagan Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni to‘lashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1 000 dan ortiq bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.

Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno.
Soliqlarni to‘lashni kechiktirish mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 3 oy muddat ichida soliq organlarini xabardor qilgan va uning to‘lanishini ta’minlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi.
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
YaTTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun
Soliqlarni to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati xabarnoma yuborilgan kundan boshlab hisoblanadi. Uning tugagan sanasidan boshlab kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda bir yil davomida to‘lab beriladi.
Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berishdan foydalanganlik uchun foizlar soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi.
Yer uchastkasi, bino va inshootlar soliq to‘lovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi to‘liq miqdorda undiriladi.
Soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni to‘lashni kechiktirish taqdim etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0