https://oz.sputniknews.uz/20211031/tolibon-oz-delegatsiyasining-ozbekistonga-tashrifini-ijobiy-baholadi-21170819.html
“Tolibon”* o‘z delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini ijobiy baholadi
“Tolibon”* o‘z delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini ijobiy baholadi
Sputnik O‘zbekiston
Zabihulloh Mujohid O‘zbekistonda toliblar delagatsiyasi chegara xavfsizligi, tranzit, bojxonada hamkorlik masalalarini muhokama qilganini ma’lum qilgan. 31.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-31T14:05+0500
2021-10-31T14:05+0500
2021-10-31T14:05+0500
dunyoda
o‘zbekiston
afg‘oniston
tolibon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21168825_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6794c2245e7f3501638f49fd33dc0732.jpg
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati o‘z delegatsiyalarining yaqinda Rossiya, Qatar va O‘zbekistonga amalga oshirgan safari natijalarini ijobiy baholadi. Bu haqda ToloNews telekanali harakat vakili Zabihulloh Mujohid so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada uchta asosiy masalaga e’tibor qaratildi: Afg‘onistonda barqarorlikni saqlash, Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini chiqarish; mintaqa mamlakatlari tomonidan mamlakatni qo‘llab-quvvatlash.O‘zbekistonda toliblar delagatsiyasi chegara xavfsizligi, tranzit, bojxonada hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.Qatarda toliblarning muvaqqat hukumatida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy Xitoy TIV rahbari bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni kengaytirishga kelishib olgan.Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Afg‘oniston muvaqqat hukumat rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi muzokaralarda qator masalalar muhokama qilingan edi.Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishiAvgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20211030/oty-va-rjd-afgonistonda-temir-yol-qurishni-muhokama-qilishdi-21164452.html
https://oz.sputniknews.uz/20211022/toshkent-va-qobulning-qoshma-loyihalari-davom-etmoqda-21035354.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21168825_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b03e41af88e6a1f8a82780a61c2cc15e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, afg‘oniston, tolibon
dunyoda, o‘zbekiston, afg‘oniston, tolibon
“Tolibon”* o‘z delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini ijobiy baholadi
Zabihulloh Mujohid O‘zbekistonda toliblar delagatsiyasi chegara xavfsizligi, tranzit, bojxonada hamkorlik masalalarini muhokama qilganini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati o‘z delegatsiyalarining yaqinda Rossiya, Qatar va O‘zbekistonga amalga oshirgan safari natijalarini ijobiy baholadi. Bu haqda
ToloNews telekanali harakat vakili Zabihulloh Mujohid so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Biz Afg‘oniston Islom Amirligi delegatsiyalarining Moskva, Qatar va O‘zbekistonga tashrifini juda yaxshi baholaymiz. Bu tashriflar ijobiy natija keltirdi”, - dedi Mujohid matbuot anjumani davomida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada uchta asosiy masalaga e’tibor qaratildi: Afg‘onistonda barqarorlikni saqlash, Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini chiqarish; mintaqa mamlakatlari tomonidan mamlakatni qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekistonda toliblar delagatsiyasi chegara xavfsizligi, tranzit, bojxonada hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Qatarda toliblarning muvaqqat hukumatida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy Xitoy TIV rahbari bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni kengaytirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Afg‘oniston muvaqqat hukumat rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi muzokaralarda qator masalalar
muhokama qilingan edi.Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga
bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi
ma’lum bo‘ldi.* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.