Boks. Abdumalik Xalakov JChda rossiyalikni yengib, yarim finalga chiqdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaAbdumalik Xalakov proshel v polufinal na ChM po boksu v Serbii
Abdumalik Xalakov proshel v polufinal na ChM po boksu v Serbii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Chorak finalda Xalakov rossiyalik bokschi ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Abdumalik Xalakov (-60 kg) o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chorak finalda Xalakov rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi bahs olib bordi. Xalakov raqibi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Final yo‘llanmasi uchun kechadigan jangda Abdumalik Eron va Litva vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan bellashadi.
Biroz avval Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) JCh chorak finalida qozog‘istonlik Temirtas Jusupov bokschiga qarshi jang o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0