O‘zbekiston va Vengriya qaysi sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPodpisanie dokumentov o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Vengriyey
Podpisanie dokumentov o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Vengriyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vazirining tashrif doirasida ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, Orbanning mamlakatga tashrif doirasida ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi.
Ular Hududlararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim, Tashqi ishlar idoralari o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi, Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlik to‘g‘risida, Innovatsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlari, Madaniyat sohasida hamkorlik dasturi, Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik sohalaridagi hamkorlik rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, Suv xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimlardir.
Marosimda ikki mamlakat vazirlikliklari rahbarlari imzolangan hujjatlarni almashdilar.
Tashrif doirasida O‘zbekistonda Debretsen universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim ham imzolandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda Vengriya bilan munosabatlar faol rivojlanib, sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Birinchi navbatda iqtisodiy hamkorlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratdik. So‘nggi to‘rt yilda tovar ayirboshlashni deyarli uch barobarga o‘sgan. Bu ko‘rsatkichni kelgusida bir necha barobarga oshirish niyatidamiz.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Buning uchun ikki mamlakat bozorlariga mahsulotlar yetkazib berishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kartoshkachilik va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olingani aytildi.
Ikki mamlakatning barcha hududlarini faol jalb etgan holda, har yili Mintaqalar forumini o‘tkazishga qaror qilingan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
O‘zbekiston va Vengriya munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarmoqchi
Bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston prezidenti sa’y-harakatlari tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganini qayd etdi.
Madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ta’lim sohasida aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Fan, madaniyat va sport sohalaridagi aloqalarni faollashtirishga ham kelishib olingani ma’lum qilindi.
O‘zbek olimi Isoq Ibrohim vengriyalik mashhur Herman Vamberining do‘sti va shogirdi bo‘lgan, salkam o‘ttiz yil Budapeshtda yashab, ilmiy faoliyat olib borgan. U mashhur venger yozuvchisi Yanosh Aronning “Ajoyib ohuning hikoyati” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ushbu asar yaqinda Mirziyoyevning so‘zboshisi bilan Toshkentda nashr etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podaril Viktoru Orbanu knigu "Legenda o prekrasnoy olenitse" vengerskogo poeta Yanosha Aranya, perevedennuyu na uzbekskiy yazik
Shavkat Mirziyoyev podaril Viktoru Orbanu knigu Legenda o prekrasnoy olenitse vengerskogo poeta Yanosha Aranya, perevedennuyu na uzbekskiy yazik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Shavkat Mirziyoyev podaril Viktoru Orbanu knigu "Legenda o prekrasnoy olenitse" vengerskogo poeta Yanosha Aranya, perevedennuyu na uzbekskiy yazik
Prezident o‘zbek va venger xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlikning yorqin ifodasi bo‘lgan ushbu kitobni Vengriya bosh vaziri Orbanga taqdim etdi.
Yangiliklar lentasi
0