Putin: terrorchilar Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga yoyilishni boshlashi mumkin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii foruma "Rossiyskaya energeticheskaya nedelya"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii foruma Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Iroqdan, Suriyadan Afg‘onistonga tajribaga ega jangarilar yig‘ilib kelmoqda.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Terrorchilar Afg‘onistondan qo‘shni mamlakatlarga yoyilishni boshlashi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Iroqdan, Suriyadan u yerga jangovar harakatlarda tajribaga ega jangarilar yig‘ilib kelmoqda. Shu bois terrorchilar chegaradosh mamlakatlardagi, jumladan, MDH mamlakatlaridagi vaziyatni ham beqarorlashtirishga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoyilishga urinishni boshlashlari mumkinligi istisno qilinmaydi”, - dedi Putin.

Rossiya rahbari afg‘on chegarasidagi vaziyatni doimiy kuzatuvga olish va jangarilarga qarshilik ko‘rsatishga shay turish muhimligini ta’kidladi. Buning uchun kuch ishlatar tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish va kerak bo‘lgan paytda qo‘shma amaliyotlarni o‘tkazish darkor.
“Afg‘onistondagi vaziyat oddiy emas, bu o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Amerika qo‘shinlari batamom olib chiqib ketilgandan so‘ng hukumat o‘z tartiblari, o‘z qoidalarini o‘rnatayotgan toliblar qo‘liga o‘tdi. Shu bilan birga mamlakatda IShID* tarkibidagi qator xalqaro terrorchilik guruhlar o‘z ishini davom ettirmoqda”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi Markaziy Osiyo, Kavkazorti va boshqa mintaqalar uchun tug‘ilayotgan ehtimoliy tahdidlar sentabrdagi KXShT va ShHT sammitlarida batafsil muhokama qilinganini qayd etdi. Bu mavzu bo‘lajak MDH sammitida ham muhokama qilinadi, deb qo‘shimcha qildi u.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Afg‘oniston terrorchilar makoniga aylanmoqda – Emomali Rahmon
Yangiliklar lentasi
0