Qidiruvdagi IShID* a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi
10:04 31.10.2021 (yangilandi: 10:10 31.10.2021)
© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina v naruchnikax
© Sputnik / Tabildi Kadirbekov
Obuna bo‘lish
U shu yilning sentabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatida ishtirok etishi lozim edi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, I.O. 2014-yil fevralida ishlash maqsadida Rossiyaga boradi va ijtimoiy tarmoq orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan aloqaga kirishadi.
© Telegram / xavfsizlik_uzQidiruvda bo‘lgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.
1/2
© Telegram / xavfsizlik_uz
Qidiruvda bo‘lgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.
© Telegram / xavfsizlik_uzQidiruvda bo‘lgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.
2/2
© Telegram / xavfsizlik_uz
Qidiruvda bo‘lgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.
1/2
© Telegram / xavfsizlik_uz
Qidiruvda bo‘lgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.
2/2
© Telegram / xavfsizlik_uz
Qidiruvda bo‘lgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.
Keyin u O‘zbekistonga qaytib kelib, ikki nafar farzandini ota-onasiga qoldiradi. U rafiqasi bilan birga 2015-yilning mart oyida “Islom davlati”* xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shiladi.
Shu tariqa I.O. 2015-2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi IShID* safida jangovar harakatlarda qatnashadi.
Shuningdek, u shu yilning sentabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatida ishtirok etishi lozim edi.
Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq “Turkiston islom harakati” (TIH) xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi, 16-fevral voqealariga aloqador Yu.J. xorijda qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan edi.
* Qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot