https://oz.sputniknews.uz/20210405/dxx-otgan-yili-4-ta-terrorchilik-aktining-oldi-oldi-18148384.html
DXX o‘tgan yili 4 ta terrorchilik aktining oldi oldi
DXX o‘tgan yili 4 ta terrorchilik aktining oldi oldi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2020-yilda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) idoralari sa’y-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Bu haqda
2021-04-05T11:00+0500
2021-04-05T11:00+0500
2021-04-05T12:50+0500
hodisalar
o‘zbekiston
terrorchilik uyushmasi
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1318/36/13183635_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_90ba4eb4bc1f7f54d27db9b163d51b3c.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2020-yilda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) idoralari sa’y-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.Aniqlik kiritilishicha, ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.O‘tgan yili ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi va javobgarlikka tortilgan.Shuningdek, 747 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4.781 dona o‘q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olingan. 540 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.Budjet va kredit mablag‘larining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, 557 mlrd. so‘m davlat foydasiga undirilgan.Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga aloqador 102 ta jinoiy guruh fosh etildi.Davlat sarhadlaridan noqonuniy olib o‘tilgan 58,3 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar qo‘lga olindi.Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan “Mehr 3” va “Mehr 4” gumanitar operatsiyalari doirasida Suriya va Afg‘oniston davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan 122 nafar ayollar va bolalar mamlakatga olib kelindi.
https://oz.sputniknews.uz/20200731/zbekiston-DKhKh-irizistondan-narkotik-tashigan-uyushgan-zhinoiy-guru-faoliyatiga-chek-ydi-14669358.html
https://oz.sputniknews.uz/20200704/DKhKh-zhiodchilar-faoliyatiga-chek-ydi-14473010.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1318/36/13183635_62:0:1199:853_1920x0_80_0_0_3091c9ce3452fefd8f8e65fd3c2e27c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , o‘zbekiston, terrorchilik uyushmasi, davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
hodisalar , o‘zbekiston, terrorchilik uyushmasi, davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
DXX o‘tgan yili 4 ta terrorchilik aktining oldi oldi
11:00 05.04.2021 (yangilandi: 12:50 05.04.2021) Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2020-yilda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) idoralari sa’y-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlik kiritilishicha, ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.
O‘tgan yili ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi va javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, 747 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4.781 dona o‘q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olingan. 540 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.
Budjet va kredit mablag‘larining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, 557 mlrd. so‘m davlat foydasiga undirilgan.
Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga aloqador 102 ta jinoiy guruh fosh etildi.
Davlat sarhadlaridan noqonuniy olib o‘tilgan 58,3 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar qo‘lga olindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan
“Mehr 3” va
“Mehr 4” gumanitar operatsiyalari doirasida Suriya va Afg‘oniston davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan 122 nafar ayollar va bolalar mamlakatga olib kelindi.