Qashqadaryoda 10 nafardan ziyod jihodchi qo‘lga olindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Obuna bo‘lish
Ular orasida orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘qituvchi, imom-noib, tadbirkor va mavsumiy ishchilar bor.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida jihodchilar diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda
Ma’lum qilinishicha, o‘zaro yig‘inlar vaqtida ular jihodchilar oqimi g‘oyalari yo‘g‘rilgan audio-video ko‘rinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilishgan. Hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirishgan.
Guruhning 1969–1995 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 12 nafar a’zosi orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar bor.
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Qidiruvdagi IShID* a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi
Guruh a’zolarining yashash manzillari ko‘zdan kechirilganda xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar bor uyali aloqa vositalari va fleshkartalar aniqlangan. Shuningdek, nashriyoti ko‘rsatilmagan kitoblar topilgan. Ular ekspertiza o‘tkazish uchun rasmiylashtirib olingan.
Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0