JSST bosh direktori yangi virus paydo bo‘lishidan ogohlantirdi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor VOZ Tedros Adxanom Gebreyesus
Generalniy direktor VOZ Tedros Adxanom Gebreyesus  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Obuna bo‘lish
Tedros Gebreyesus dunyoda vaksinalardan foydalanishda tenglik yo‘qligiga e’tibor qaratgan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Kelajakda Yer yuzida insoniyat nazorat qila olmaydigan xavfli virus paydo bo‘ladi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus G20 davlatlari moliya va sog‘liqni saqlash vazirlarining Rimda o‘tkazilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
U Yerda tarqalishini to‘xtatib bo‘lmaydigan yana bir virusning paydo bo‘lishi “biologiya nuqtayi nazaridan shubhasiz” hisoblanishini bildirgan.
“Ushbu pandemiyani tugatsak ham, biz u bergan darsdan xulosa chiqarishimiz va keyingisiga tayyorlanishimiz kerak. Biologiya nuqtayi nazaridan qaysidir onda biz shunchaki ushlab tura olmaydigan virusning paydo bo‘lishi shubhasiz”, - dedi u o‘z chiqishi davomida.
JSST rahbari “yuqori darajadagi xavflar”ga qarshi kurashda “yuqori darajadagi siyosiy ishtirok” zarurligini urg‘ulagan.
Tedros Gebreyesus, shuningdek, dunyoda vaksinalardan foydalanishda tenglik yo‘qligiga e’tibor qaratib, hozirda virusga qarshi sayyora aholisining 36 foizi to‘liq emlangani, Afrikada esa ushbu ko‘rsatkich “atigi 6 foiz” ekanini eslatib o‘tgan.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Putin G20 ni emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olishni tezlashtirishga chaqirdi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 247 milliondan oshib ketgan. Shulardan deyarli 224 millioni tuzalib ketgan. Bu virus dunyo bo‘ylab 5 milliondan ortiq insonni yostig‘ini quritgan.
O‘zbekistonda 30-oktabr holatiga ko‘ra jami 185 963 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shulardan 181 675 shifo topgan. Virusdan 1323 bemor vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0