Putin G20 ni emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olishni tezlashtirishga chaqirdi

© Sputnik / Yevgeniy Paulin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite "Gruppi dvadsati"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Katta yigirmatalik” mamlakatlariga koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish masalasini ishlab chiqishni taklif qildi. Rossiya yetakchisi bu taklif bilan G20 ning Rimda bo‘lib o‘tgan sammitida chiqdi.
“Ishonchim komilki, bu qanchalik tez bajarilsa, global ishbilarmonlik, jumladan, eng ko‘p jabr ko‘rgan sayyohlik faolligini qayta tiklash shunchalik oson bo‘ladi”, - dedi Putin onlayn so‘zlagan nutqida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya rahbari ayrim muhtoj mamlakatlar haligacha koronavirusga qarshi vaksinaga va boshqa o‘ta zarur vositalarga ega emasligiga e’tibor qaratdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu nosog‘lom raqobat, proteksionizm, qator davlatlarning, jumladan, “yigirmatalik” davlatlarining vaksina va emlanish sertifikatlarini o‘zaro tan olishga tayyor emasligi sabab ro‘y bermoqda.
Shuningdek, Putin hozirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi vaksinalar va dori-darmonlar sifati, xavfsizligi va samaradorligini tekshirish jarayonini tezlashtirish masalasi dolzarbligini ta’kidladi.
Brifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Ginsburg koronavirusdan 100% himoyalanish uslubini aytdi
Rossiyada “Sputnik V”, “EpiVakKorona”, “KoviVak” va “Sputnik Lite” mahalliy vaksinalari bilan emlanganlik sertifikatlari tan olinadi. “Sputnik V” vaksinasidan foydalanish dunyoning 70 ta mamlakatida ma’qullangan. Ular aholisi 4 milliard kishini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0