AQSh qo‘lidan NATO sherikligi orqali O‘zbekistonni “siquvga olish” keladimi?

© AP Photo / Alex BrandonKapitoliy
Kapitoliy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston AQSh HHK bazasi yoki aksilterror markazini joylashtirish uchun eng qulay Markaziy Osiyo mamlakati bo‘lib qolmoqda. Maqsad Afg‘onistonni nishonga olish. Shu bois Amerika va NATO “sheriklarining” Toshkent bilan munozaralari davom etmoqda.
Brusselda 26-oktabr kuni O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi rahbari Dilor Hakimov Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha maxsus vakil Xavyer Kolomin hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Suhbatdoshlar NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi va boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdi. Shu bilan birga O‘zbekiston tomoni NATOda zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda, tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan masalalarda muhim hamkorni ko‘rishi va hamkorlikni kengaytirishni olqishlashini ta’kidladi. Qolaversa, Dilor Hakimov O‘zbekiston Qurolli kuchlari islohotlari, harbiy xizmatchilarning kasb mahorati va malakasini oshirish, ularni psixologik tayyorlash haqida so‘zlab berdi.
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
RF Afg‘oniston qo‘shnilarini AQSh va NATO kuchlarini o‘z hududiga kiritmaslikka chaqirmoqda
Har holda, Brusselda muloqotlar faollashishi faqat Qo‘shma Shtatlarning mintaqada jangovar aviatsiasini joylashtirish uchun yangi nuqtani izlashni davom ettirishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Toshkentning Amerika harbiy bazalarini O‘zbekiston hududida joylashtirishning imkoni yo‘qligini haqidagi rasmiy bayonotlariga qaramaydan intriga saqlanib qolmoqda, savdolashish mumkin. Pentagon va NATO uchun Afg‘oniston va KXShT mamlakatlariga qo‘shni bo‘lib joylashgan O‘zbekiston juda qulay. Bunday geografiya qimmat turadi, eng muhim va yakuniy geosiyosiy qarorlar esa Toshkentda har holda prezidentlik respublika TIV yoki Mudofaa vazirligi darajasida qabul qilinadi.
O‘zbekiston ko‘plab sobiq Sovet ittifoqi respublikalari kabi NATO bilan 1990-yildan buyon “tinchlik yo‘lida” hamkorlik qilib keladi – maslahatlashuvlarda, delegatsiyalar bilan almashishda va hatto AQSh hududidagi qo‘shinlarning qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Har holda o‘tgan 20-yil davomida o‘zbek harbiy xizmatchilari qo‘llarida qurol bilan gruzinlar, ukrainlar va boshqalar singari Afg‘onistonda Pentagonga “yordam” berishmadi. Aksincha, AQShning sharmandali yakuni yaqinlashgan sari Toshkent toliblar “siyosiy ofisi” bilan konstruktiv aloqalarni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishni, o‘zbek-afg‘on iqtisodiy loyihalarni jadallashtira boshladi. Bugun Toshkentning Pentagon va “Tolibon”* bilan bir vaqtning o‘zida o‘zaro monand munosabatlari rivojlanishini tasavvur qilish qiyin, ertaga nima bo‘ladi?
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Pentagon O‘zbekistonda "aksilterror" bazalarni joylashtirmoqchi - OAV

Hamjihat bo‘lmagan qarashlar

Toshkentning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti ehtimoliy qaytishi haqida fikr dolzarbligicha qolmoqda, biroq ishning mohiyati bunda emas. Blokka a’zo bo‘lmagan O‘zbekiston KXShT javobgarligidagi mintaqada joylashgan, yaqin qo‘shnilari va Rossiya bilan munosabatlarni, jumladan, harbiy va harbiy texnik hamkorlik sohasida izchil rivojlantirmoqda.
Avvalroq o‘zbek qo‘shinlari ShHT va KXShT qo‘shma mashg‘ulotlarida qatnashgandi. Toshkent 15-sentabr kuni bir ovozdan Afg‘onistonda bo‘lgan AQSh va NATO harbiy infratuzilma obyektlari hamda afg‘on kollaboratsionistlarni KXShT mamlakatlari hududida joylashtirilmasligini ma’lum qilgan qo‘shnilarining pozitsiyasini inobatga olmasligi mumkin emas.
Vtoraya vstrecha ministrov inostrannix del sosednix stran po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Kim nima taklif qildi: Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar Tehron sammiti
Qayd etish joizki, Moskva qo‘shnilarga o‘z tavsiyalarini zo‘rlab o‘tkazmaydi, lekin Pentagonning Markaziy Osiyoda joylashishidan mutlaqo manfaatdor emas. Rossiyaning asosiy dalili: Afg‘onistondagi terrorchilarga uning hududidan zarba beriladigan mamlakatning o‘zi “Islom davlati”*, “Al Qoida”* va boshqa terorrchilik tashkilotlar uchun avtomatik ravishda nishonga aylanadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 27-oktabr kuni Tehrondagi Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar uchrashuvida yana bir bor “o‘z hudida afg‘on zaminidan ketgandan so‘ng u yerga ko‘chishni rejalashtirayotgan AQSh va NATO kuchlarini bo‘lishiga yo‘q qo‘ymaslikka” chaqirdi. Afg‘onlar bugungi kunda yangi bombardirovkalarga emas, balki ko‘proq insonparvarlik yordamiga muhtojlar.
Shunday bo‘lsada, mintaqiviy qo‘shnilarning pozitsiyasi hamjihat yaxlit emas. Islomobod ikkilanib turibdi, 22-oktabr kuni AQSh HHK foydalanishiga oid muzokaralar oldinga siljigani haqidagi xabar paydo bo‘ldi – hududdan emas – “Pokistonning havo maydonidan”. Mintaqadagi vaziyatni nazorat qilish (razvedka) va Afg‘onistonda harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun. Go‘yoki o‘tgan 20-yildagi amaliyotlar faolligi Pentagonga yetmagandek. Amerikaliklar Toshkentga ham qulay va ajoyib “qo‘shma aksilterror markazi” kabi ta’riflar bilan hamda turli sohalarda kattagina moliyaviy yordam va salmoqli imtiyozlar taklif qilishi mumkin. Ikki suveren mamlakatlarning afg‘on yo‘lashida o‘zaro foydali hamkorlik uchun asos topish qiyin emas.
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Misol uchun, so‘nggi kunlarda Pentagon yaqin kunlarda IShID* va “Al Qoida”*ning qurollangan otradlari tomonidan “tashqi amaliyotlar” o‘tkazilishi mavzusini faol ishga solmoqda. BND nemis razvedkasi ham 28-oktabr kuni Afg‘onistondan Yevropaga jangarilarning kirishi tahdidi haqida ogohlantirdi. Narkotrafikka qarshi kurashish, chegaralarni mustahkamlashdagi ko‘mak – AQSh va NATOning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligining eng mashhur yo‘nalishlaridan biri.

Tezkor vaziyat

O‘zbekiston chegaralari yaqinida oktbar oxirida Milliy qarshilik ko‘rsatish fronti yetakchisi kichik Ahmad Mas’udga sodiqlikka ont ichgan “Balx/Qadimiy Baqtriya ozodligi uchun kurashuvchilar” yangi toliblarga qarshi guruhi paydo bo‘ldi va o‘z manfaatlari va harbiy faolligini (logistika, moliya, kadrlar) chegaradosh o‘zbek hududiga tarqatishi mumkin. “Qadimiy Baqtriya”dagi ozodlik uchun kurashi an’anaga ko‘ra Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga chiqmoqda.
O‘zbekiston milliy xavfsizligiga mavjud tahdidlar faqat Afg‘onistondan kelib chiqmoqda va o‘nlab terrorchilik tashkilotlari jangarilarining faolligi o‘sishi – mintaqadagi sog‘lom barcha kuchlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun jiddiy asos. Yaqinda ro‘y bergan misol – ko‘chib yuruvchi “Islom davlati”* terrorchilari 26-oktabr kuni Iroqda qirg‘in-barot uyushtirdi: 15 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi yaralandi.
Ammo terrorizmning sarchashmlarini yodga olish zarur: IShID* “chaqiriq resurslari” 2003-yilda Iroqqa amerikaliklarning bostirib kirishidan keyin hukmronlik mavqeyini yo‘qotgan sunniy arablar bo‘ldi. Pentagon va terrorizm chambarchas bog‘langan, hatto sulh bitimi imzolangandan keyin. Mustahkam tinchlikni AQSh HHKni jalb qilmasdan qurish mumkin va qurish lozim.
Amerikanskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Toshkent Pentagon delegatsiyasining tashrifi yuzasidan rasmiy so‘rov olmagan – Mudofaa vazirligi
Qatar poytaxtida 28-oktabr kuni 14 ta mamlakat vakillari va elchilari Afg‘onistonning vaqtinchalik tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashishdi. Muzokaralar Afg‘onistonning AQShdagi moliyaviy zaxiralarini bloklashdan chiqarish va “Islom Amirligini” tan olishga bag‘ishlangan edi. Xalqaro hamjamiyat yordam berishga va’da bermoqda.
Bugun eng muhimi afg‘onlarga yaxshi turmush sharoitlarini yaratish, migratsiya oqimining oldini olish – faqat shunda terrorchilar Afg‘onistondan qochoq ko‘rinishida chegaradosh mamlakatlarga kira olishmaydi. Pentagon – ko‘makchi emas, buzuvchi. AQSh yoki NATO harbiy infratuzilmasini Afg‘oniston yaqinida joylashtirish barcha Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari uchun umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat.
Vashington O‘zbekiston bilan harbiy loyihalar yoki obyektlar shaklida strategik sheriklikni mustahkamlash umidini so‘ndirmaydi – mintaqadagi tanlov cheklangan. O‘ylashimcha, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) hali yana Toshkentda bir necha bor paydo bo‘ladi, ammo amerikaliklarnig qaynoq mintaqadagi vaziyatga bo‘lgan ta’siri to‘xtovsiz kamayib boradi. Axir Pentagonning Afg‘oniston va Iroqdagi omadsizligidan so‘ng “yangi urush va mag‘lubiyatlar bo‘ladi” – bu quloq tutish kerak bo‘lgan Suriya prezidenti Bashar Asadning bayonoti.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining mudofaa va gumanitar salohiyatini mustahkamlash uchun ShHT va KXShTning ular ortidan Iroq, Afg‘oniston, Liviya, Yugoslavakiya, Vyetnam, Shimoliy Koreya hamda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlaridagi xarobalari ko‘rinmaydigan resurslari bemalol yetadi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaliz Kamilov posetil Kabul s rabochim vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Kamilov: Afg‘oniston jahon hamjamiyatining bir qismiga aylanishga munosib
Yangiliklar lentasi
0