https://oz.sputniknews.uz/20211024/pokiston-islom-davlatiga-qarshi-kurashda-tolibonga-yordam-bermoqda-oav-21058755.html
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Pokiston Afg‘onistonda "Islomiy davlat"* terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatga kelgan “Tolibon” radikal harakatiga yordam bermoqda. 24.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-24T16:00+0500
2021-10-24T16:00+0500
2021-10-24T16:11+0500
dunyoda
pokiston
afg‘oniston
tolibon
"islom davlati"
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21047495_0:210:2897:1839_1920x0_80_0_0_896d9067e18295e59790aef08ff20d3d.jpg
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Pokiston Afg‘onistonda "Islomiy davlat"* terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatga kelgan “Tolibon” radikal harakatiga yordam bermoqda, deb xabar qilmoqda Washington Post gazetasi toliblarning ism-sharifini oshkor qilmagan holda ikki vakili bergan ma’lumotiga asosan.Gazetaga ko‘ra, Pokiston Tolibon*ga “IShID”*ga qarshi kurashda norasmiy razvedka kanallardan foydalanmoqda, ya’ni razvedka ma’lumotlarini uzatish va terrorchilarga qarshi kurashda texnik yordam berish. Xususan, Pokiston birlamchi ma’lumotlarni uzatadi, IShID a’zolari* va ularning operatsion markazlarini aniqlash uchun telefon va internet-aloqalarini kuzatishga yordam beradi.Biroq, harakat vakili Bilol Karimiyning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon* IShID*ni jiddiy tahdid deb hisoblamaydi va unga qarshi kurashish uchun tashqaridan yordamga muhtoj emas.Biroq, pokistonlik amaldorlardan biriga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasidagi muloqot razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha o‘rnatilgan hamkorlikdan ko‘ra ko‘proq norasmiy muhokamalardir.Ta’kidlaganishicha, Pokiston “IShID*ga qarshi kurashda Tolibonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradigan kam sonli xorijiy davlatlardan biri hisoblanadi”. AQShning sobiq va amaldagi rasmiylariga ko‘ra, mintaqaviy raqobat, chuqur ishonchsizlik va terrorizmga qarshi kurashda toliblarning noto‘g‘ri hisob-kitoblari harakat bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni qiyinlashtirdi.Amerika qo‘shinlari chiqarilgandan buyon razvedka xizmatlari Tolibon* bilan rasmiy va norasmiy aloqada bo‘lgan, Amerika tomoni IShID*operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni Kobulga muntazam ravishda uzatishga harakat qiladi.Ammo, amerikalik mulozimning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p hollarda toliblar berilgan ma’lumotlarga ishonchsizlikoki undan qanday foydalanish kerakligini bilishmagan.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
https://oz.sputniknews.uz/20211021/tolibon-katta-siyosiy-savdo-olib-bormoqda--rossiya-tiv-21002207.html
https://oz.sputniknews.uz/20211020/ozbekiston-tolibon-hokimiyatini-tan-olish-shartlari-malum-boldi-20990005.html
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21047495_82:0:2813:2048_1920x0_80_0_0_caff3428cadb476e83af5b50309dddf0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, pokiston, afg‘oniston, tolibon, "islom davlati"
dunyoda, pokiston, afg‘oniston, tolibon, "islom davlati"
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
16:00 24.10.2021 (yangilandi: 16:11 24.10.2021) Pokiston Afg‘onistonda "Islomiy davlat"* terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatga kelgan “Tolibon” radikal harakatiga yordam bermoqda.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Pokiston Afg‘onistonda "Islomiy davlat"* terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatga kelgan “Tolibon” radikal harakatiga yordam bermoqda, deb xabar qilmoqda Washington Post gazetasi toliblarning ism-sharifini oshkor qilmagan holda ikki vakili bergan ma’lumotiga asosan.
Gazetaga ko‘ra, Pokiston Tolibon*ga “IShID”*ga qarshi kurashda norasmiy razvedka kanallardan foydalanmoqda, ya’ni razvedka ma’lumotlarini uzatish va terrorchilarga qarshi kurashda texnik yordam berish. Xususan, Pokiston birlamchi ma’lumotlarni uzatadi, IShID a’zolari* va ularning operatsion markazlarini aniqlash uchun telefon va internet-aloqalarini kuzatishga yordam beradi.
"Pokiston - bizning birodarimiz va bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan, ma’lumot va razvedka ma’lumotlari almashish (IShID* haqida - tahr.). Agar AQSh va dunyoning qolgan qismi biz bilan ma’lumot almashsa, biz bir necha kun ichida IShID*ni mag‘lub etishimiz mumkin bo‘lardi", - dedi gazetaga toliblar yetakchilaridan biri.
Biroq, harakat vakili Bilol Karimiyning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon* IShID*ni jiddiy tahdid deb hisoblamaydi va unga qarshi kurashish uchun tashqaridan yordamga muhtoj emas.
Biroq, pokistonlik amaldorlardan biriga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasidagi muloqot razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha o‘rnatilgan hamkorlikdan ko‘ra ko‘proq norasmiy muhokamalardir.
Ta’kidlaganishicha, Pokiston “IShID*ga qarshi kurashda Tolibonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradigan kam sonli xorijiy davlatlardan biri hisoblanadi”. AQShning sobiq va amaldagi rasmiylariga ko‘ra, mintaqaviy raqobat, chuqur ishonchsizlik va terrorizmga qarshi kurashda toliblarning noto‘g‘ri hisob-kitoblari harakat bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni qiyinlashtirdi.
Amerika qo‘shinlari chiqarilgandan buyon razvedka xizmatlari Tolibon* bilan rasmiy va norasmiy aloqada bo‘lgan, Amerika tomoni IShID*operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni Kobulga muntazam ravishda uzatishga harakat qiladi.
Ammo, amerikalik mulozimning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p hollarda toliblar berilgan ma’lumotlarga ishonchsizlikoki undan qanday foydalanish kerakligini bilishmagan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.