"Vremya" dasturining afsonaviy boshlovchisi Igor Kirillov vafot etdi

© Sputnik / Boris PrixodkoDiktor Igor Kirillov
Diktor Igor Kirillov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2021
Obuna bo‘lish
SSSR davrining timsollaridan biri, "Vremya" dasturini 20-yil olib borgan Igor Kirillov bugun vafot etdi.
TOShKENT, 30 okt - Sputnik. "Vremya" informatsion dasturining afsonaviy boshlovchisi, diktor Igor Kirillov vafot etdi. Bu haqida Rossiyaning "Birinchi kanal"i xabar qilmoqda.
"Efirimiz boshlanishidan bir necha daqiqa oldin qayg‘uli xabar keldi. Bugun Igor Leonidovich Kirillov vafot etdi. Bizning afsonaviy hamkasabamiz, do‘stimiz va ko‘pchillik uchun haqiqiy o‘qituvchimiz", - deyilgan xabarda.
O‘lim sababalariga aqnliq kiritilmagan.
Igor Kirillov Moskvada 1932-yilning 14-sentabrida tug‘ilgan. 1955-yilda Shepkin nomidagi Oliy Teatr maktabini bitirgan. 1955-1956 yillarda Moskva komediya teatrida (Teatr na Taganke) ishlagan. Aslida rejissor bo‘lishni orzu qilgan.
Lekin 1957-yildan boshlab yangi tashkil qilingan SSSR televideniyesida diktor vazifasida ishlay boshlagan. 20-yildan ortiq vaqt davomida "Vremya" dasturining diktori bo‘lgan. Undan tashqari boshqa ko‘plab teledasturlar boshlovchisi bo‘lgan, shuningdek Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan paradlar translyatsiyasini ham olib borgan.
1968 yildan 1989-yilga qadar Birinchi kanalda diktorlar bo‘limini boshqargan. 1995-yildan boshlab Birinchi kanalda maslahatchi-diktor vazifasini bajargan.
Igor Kirillov 1968-yilda SSSRda xizmat ko‘rsatgan diktor, 1982-yilda - SSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 1977-yilda Davlat mukofoti laureati, "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordenining III va IV darajasi laureati bo‘lgan. 2001-yilda Kirillov "Chelovek-epoxa" nufuzli unvon egasi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0