Facebook ustidan "salib yurishi" boshlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqni nima uchun jazolashmoqchi
18:02 30.10.2021 (yangilandi: 02:08 31.10.2021)
© Sputnik / Maksim BlinovFacebook i Meta
© Sputnik / Maksim Blinov
Obuna bo‘lish
Facebook odamlar orasida nafrat uyg‘otish, yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazish, narkotiklar va odam savdosiga qarshilik qilmaslikda ayblanmoqda.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Facebook sobiq xodimi ijtimoiy tarmoqni urushlar va etnik tozalashlar, qul savdosi va giyohvandlikka yordam berishda ayblamoqda. Frensis Xaugen Facebook tomonidan jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish tasdiqlovchi hujjatlarni OAVga taqdim etdi. Ushbu ish AQSh Senatida ko‘rib chiqilmoqda.
Lekin bu ham IT-gigant so‘nggi oy davomida to‘qnash kelgan muammolarning barchasi emas. Bir necha hafta oldin sodir bo‘lgan ijtimoiy tarmoqning 6 soatlik “qulashi” tizimning naqadar nozik ekanini yaqqol namoyish qildi.
Ustiga ustak, kompaniya xodimlari Mark Sukkerberg va uning rafiqasi Prissilla Channi mehnat qonunchiligini buzish va ishqiy tegajog‘liq qilishda ayblashmoqda. Xullas ehtimol kelgusi yilning eng katta shov-shuviga aylanishi mumkin bo‘lgan “Facebook ishi” boshlandi.
Yashirin xabarchi
“AQShda Sukkerbergga qarshi salib yurishi boshlandi” deb yozmoqda bir necha AQSh OAVlari. Kompaniyaga jiddiy ayblovlar uning sobiq xodimi Frensis Xaugen ko‘rsatmalariga asoslangan bo‘lib, ushbu ish ana mana sudlarda emas Senatda ko‘rib chiqilmoqda.
“Boshida men Facebook insonlar hayotini yaxshilashiga ishonlar edim. Keyin esa ijtimoiy tarmoq jamiyatda tarqoqlik va bolalarga zarar yetkazishining guvohi bo‘ldim”, - deydi Xaugen.
Sobiq xodim bir necha bor bolalar uchun zararli ma’lumotlarni bloklaydigan algoritmlar ishlab chiqqan, lekin buning samarali uslubi topilmagan. Sabab – kompaniya rahbariyati ushbu muammoga yetarlicha e’tibor bermaganida.
“Ijtimoiy tarmoq shpionaj xavfini inkor qilgan, uning uchun uchun milliy xavfsizlik masalalari sariq chaqaga arzimaydi”, - deydi Facebook sobiq xodimi.
Frensis bir necha bor bu borada kompaniya rahbariyatiga murojaat qilgan, lekin uning takliflariga e’tibor qaratishmagan. Shunda xodim yashirin tarzda kompaniya ichki hujjatlaridan qonunbuzarliklar haqida dalil to‘play boshlagan. Keyinchalik esa ularni jamoatchilikka oshkor qilgan. AQShning 17ta nashri ijtimoiy tarmoq o‘z foydalanuvchilari yordamida qanday pul ishlagani haqida materiallarni chop etgan.
"Facebook ishi" AQShda katta mojaroga sabab bo‘ldi. Respublikachilar dahol demokratlarni ayblashdi, Tramp IT-gigantni jazolamoqchi bo‘lganda, demokratlar uni asrab qolgan edi-da.
Dastlab Mark Sukerberg esa bularning barchasini tuhmat deb atab, ichki hujjatlar tarqab ketishi 6 soatlik tarmoq qulashi bilan bir vaqtda sodir bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Lekin keyinroq tarmoq qulashi texnik sababga ko‘ra, sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi va Sukkerberg o‘z aybini tan olishiga to‘g‘ri keldi: Xaugen aksariyat ayblovlarda haq edi, muammolar darhaqiqat bor va ijtimoiy tarmoq ularni uzoq vaqt inkor etib kelgan edi.
Rebrending
G‘arbda yirik kompaniyalar o‘zlari aybdor bo‘lgan biror katta mojarodan so‘ng darhol nomini o‘zgartirishga o‘tadi. Buni odatiy amaliyot desa bo‘ladi. Facebook ham ushbu shov-shuvli “qovun tushirishdan” so‘ng birinchi qilgan ishi rebrending bo‘ldi. Ikki kun oldin Facebook o‘z nomini Meta deb o‘zgartirganini e’lon qildi.
"Bizning ijtimoiy tarmoq bu – odamlar ishlaydigan, o‘ynaydigan va muloqot qiladigan metakoinotdir ", — deb tushuntirdi buni Sukkerberg.
Tezkorlik bilan nomini o‘zgartirish AQSh jamiyatida o‘z navbatida yangi tanqidlarga sabab bo‘ldi. Kompaniya mojarodan olding rebrending qilshni rejalashtirganini aytsa-da, muammolar bu bilan yakun topmadi.
Algoritmlar va odamlar
Odamlar orasida o‘zaro nafrat uyg‘otish - Facebookka qo‘yilayotgan ayblovlar orasida eng asosiysi bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq - zo‘ravonlik va mojarolarni targ‘ib qilgan. Ya’ni tarmoq algoritmlari shunday sozlanganki, foydalanuvchilarga birinchi navbatda zo‘ravonlik va mojarolar to‘g‘risidagi xabarlar ko‘rsatilgan.
"Oddiy “layk”lar hech qanday kuchga ega emas. Odamlarni ranjituvchi va g‘azablantiruvchi xabarlar esa - olg‘a suriladi", —deydi Xaugen.
Bunday xabarlar ayniqsa qurolli mojarolar sodir bo‘layotgan hududlarda ko‘p chop etilgan. Masalan Myanmada 2018-yilning bahorida rohinja musulmonlariga qarshi etnik tozalashlar o‘tkazilgan. Ularni o‘ldirishga da’vatlar Facebook orqali tarqatilgan.
Yuz minglab odamlar qoni to‘kilgan, millionlab kishilarni o‘z uylarini tark etib qochoqqa aylantirgan “arab bahori” ham Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan edi. Lekin Sukerberg kerakli xulosalar chiqarib olmagan.
Kompaniya vakillari o‘zini oqlash maqsadida, Osiyo va Afrika, Yaqin Sharqda mahalliy tilarni tushunuvchi moderatorlar yetishmasligini vaj qilishmoqda. Chunki algoritmlar har doim ham xavfli kontentni aniqlash xususiyatiga ega emas.
Lekin, ikkinchi tomondan, xorijiy tillarda har qanday shubhali so‘zlarni bloklash tajribasi ham – salbiy oqibatlarga olib keldi. Masalan arablar xususiy yozishmalarda siyosat haqida oddiy gaplarni aytsa ham blokirovka qilina boshlandi.
Shunda Facebook dunyoning barcha mamlakatlariga ham bir xil nazar bilan qaramasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Masalan, Xaugen aytishiga ko‘ra, Facebook foydalanuvchilari orasida amerikaliklar faqat 10%ni tashkil qiladi, lekin kompaniya barcha resurslarini ingliz tilida chop etiladigan kontentni moderatsiya qilishga qaratgan. Ya’ni Amerika yoki Yevropa haqida gap ketganda – pul ayashmaydi.
“Boshqa davlatlarda esa Facebook kam pul ishlaydi, shu sababli xodim yollash uchun stimul yo‘q", — deb tushuntiradi kompaniya sobiq xodimi.
Xavfsizlik o‘rnida marketng
Yana bir muammo – moderatorlar odam savdosi haqidagi xabarlarni o‘chirishmaydi. Bunga faqat huquqni saqlash organlari yokm maxsus xizmatlar aralashuvidan so‘ng e’tibor qaratiladi.
Yana bir sir – Facebookning hamma narsa mumkin bo‘lgan - VIP shaxslar ro‘yxati bor. Bular shou-bizes yulduzlari, mashhur sportchilar, akorlar, siyosatchilar. Ularing sahifalarini bloklash kompaniyaning o‘zi uchun zararli, chunki u yerda reklama beruvchilar ko‘p. Masalan, futbolchi Neymar yalang‘och qizlar suratlarini joylaganda, Facebook hech qanday chora ko‘rmagan. Vaholanki, o‘shanda moderatorlarga ko‘plab arzlar kelib tushgan edi.
Feyklar – bu alohida hikoya. Ularning har birini tekshirish, aniqlash bilan hech kim shug‘ullanmaydi. Kompaniya bunga juda kam mablag‘ ajratadi. Shu sababli ham ijtimoiy tarmoqda har qadamda shubhali ma’lumotlarni uchratish mumkin. Masalan – koronavirusga qarshi vaksinalar zararli ekani, odamlar vaksinadan o‘layotgai va vaksina o‘rniga “maxsus chip kiritilayotgani” va ho kazo.
Keyinchalik ushbu ma’lumotlarning 40 % - vaksinaga qarshi harakat vakillari tomonidan joylanganni aniqlangan.
2018-yilda esa Facebook Cambridge Analytica konsalting kompaniyasiga o‘zining 50 millionov foydalanuvchilari ma’lumotlarini sotgani, undan tashqari o‘z foydalanuvchilari ma’lumotlaridan marketin va kontekst reklamasida foydalangani, ham yana bir qonunbuzarlikdir.
Shu o‘rinda 2016-yilda Tramp prezidentlikka saylanish vaqtida Facebook – haqiqiy feyklar uyasiga aylanganini va 2020-yilda uning qayta saylanishiga keskin qarshilik qilganini esga olish o‘rinli bo‘ladi.
Tramp va Facebook
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Twitterda - 88 million, Facebookda - 35 million, Instagramda - 25 million kuzatuvchisi bo‘lgan. 2021-yil 6-yanvarda so‘nggi saylov natijalarian norozi bo‘lgan Tramp tarafdorlari Oq Uyga bostirib kirishganidan so‘ng Facebook va boshqa IT-gigantlar Trampni bir umrga bloklab tashlagan edi. O‘shanda Tramp "Facebook AQSh prezidntining bloklab Tolibon* xabarlarini chop etmoqda" degan edi. Shundan so‘ng Donald Tramp "Truth" (Haqiqat) nomli o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ochishini va 2024-yilda prezidentlikka nomzodini qayta qo‘yishini e’lon qilgan edi.
Lekin ijtimoiy tarmoqning eng katta xavfi – yoshlarni manipulyatsiya qilishdir. O‘smirlarga ularning ruhiy holatiga yomon ta’sir qiluvchi reklama va videolavhalar cheklanmasdan namoyish qilinmoqda. Xaugenni ham kompaniya sirlarini ochishga undagan asosiy sabab mana shu bo‘lgan.
Sobiq xodim aytishiga ko‘ra, kompaniya rahbariyati bularning barchasidan xabardor, ular hatto ayrim tekshruvlar o‘tkazgan, lekin hech qanday chora ko‘rmagan.
O‘yin qoidalari
"Facebook ishi" Rossiya uchun ham dolzarb. Masalan o‘tgan qishda ijtimoiy tarmoqning rus segmentida uch oy davomida narkokuryer vakansiyasi haqidagi e’lon turgan edi, - deydi siyosiy izlanishlar markazi maslahatchisi Oleg Shakirov. — Biz bir necha bor Facebook texnik xizmatiga murojaat qildik, lekin ular ushbu “ma’lumot qonunchilikni buzmaydi” deb javob berishdi. Faqatgina “Roskomnadzor” aralashuvidan so‘ng postni yopishdi.
Aslida bu postni mutaxassis emas, rus auditoriyasi uchun ishlab chiqilgan qandaydir algoritm tekshirgan, deb xulosa qiladi mutaxassis.
Foydalanuvchilarning ko‘plab davolaridan so‘ng, Facebook qandaydir Tekshiruv kengashi tuzgan. Uning vazxifasi kontentni kuzatish va feyklarni o‘chirish. Kompaniya buni mustaqil organ deb aytayotgan bo‘lsa-da, aslida uning qanday ishlashi noma’lum, deb qo‘shimcha qildi suhbatdosh.
Kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassis Vsevolod Pulya “Facebook ishi”ni qandaydir yangilik deb hisoblamaydi. Oldin ham kompaniyani shaffof bo‘lmagan moderatsiya mexanizmlari va yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishda ko‘p marotaba ayblashgan edi. Bu safar bir necha argumentlar qo‘shildi, xolos.
“Buning natijasida jiddiy o‘zgarishlar kutishning keragi yo‘q. Bor bo‘lsa – ozroq yuzaki o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Lekin biznes-model saqlanib qoladi. O‘tgan yilda butun dunyo ijtimoiy tarmoqlarning haqiqiy kuchini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Ular bir knopkani bosishda Trampni barcha tarmoqlardan o‘chirib tashlashdi. Shundan so‘ng ayrim davlatlar ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qiluvchi yangi qonunlar ishlab chiqara boshladi. Bu ish hozir ham davom etmoqda”, - deydi Pulya.
AQSh va Kanada Institutining katta ilmiy xodimi Pavel Koshkin fikriga ko‘ra, davlat va ijtimoiy tarmoqlar orasda muammolar qonun darajasida hal qilinishi kerak.
Masalan, Tramp prezidentlik davrida ijtimoiy tarmoqlarni nazorat ostiga olmoqchi bo‘lgan edi, lekin uning ushbu taklifini “jinnilik va qasos” deb qabul qilishdi.
“Hozir bo‘lsa Yevropa, AQSh, Rossiya va Osiyo davlatlari IT-kompaniyalar uchun qonun darajasida o‘yin qoidalarini ishlab chiqmoqda. Amerika ham bir kun kelib ushbu yo‘ldan borishga majbur bo‘ladi”, - deb ishonch bildirdi Koshkin.
Mutaxasis fikriga ko‘ra, davlatlar va IT-gigantlaro o‘zaro kelishib olishlari kerak. Chunki bundan buyon sohada to‘planib qolgan muammolarni payqamasikning iloji yo‘q.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot