Ashraf G‘ani Facebook᾽dagi sahifasiga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tish Bivshiy prezident Afganistana Ashraf Gani
 Bivshiy prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq Facebook᾽da sobiq prezident go‘yoki xalqaro hamjamiyatni toliblar hukumatini tan olishga chorlayotgani haqidagi xabar paydo bo‘lgan edi.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining Facebook᾽dagi sahifasi hujumga uchradi. Bu haqda siyosatchining Twitter᾽dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
“Ashraf G‘anining Facebook᾽dagi rasmiy sahifasi hujumga uchradi. Unda kechadan boshlab joylashtirilgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, - deyilgan bayonotda.
Avvalroq G‘anining Facebook᾽dagi sahifasida sobiq prezident go‘yoki xalqaro hamjamiyatni toliblar hukumatini tan olishga chorlayotgani haqidagi xabar paydo bo‘lgan edi. “Xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqini ajratib qo‘ymasdan hozirgi hukumat bilan hamkorlik qilishi kerak. Yordam bering <...> va uning tan oling”, - deyilgan xabarda.
15 avgust kuni "Tolibon" vakillari Kobulni qurshab olgach, 2014-yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etgan edi. Hozir u Birlashgan Arab Amirliklaridan boshpana topgan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Tolibon* Afg‘oniston sobiq prezidenti olib qochgan mablag‘larni qaytarishni talab qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0