https://oz.sputniknews.uz/20211029/noyabrdan-toshkent-bozorlarida-narxlarni-monitoring-qiluvchi-tizim-joriy-etiladi-21154024.html
Toshkent bozorlarida narxlar shaffof bo‘ladi - yangi tizim haqida tafsilotlar
Toshkent bozorlarida narxlar shaffof bo‘ladi - yangi tizim haqida tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
"Bozor narxi" axborot tizimi 2021-yilning 1-noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi. 29.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-29T15:28+0500
2021-10-29T15:28+0500
2021-10-29T15:36+0500
iqtisod
toshkent
narx-navo
bozor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964303_0:163:3063:1885_1920x0_80_0_0_ac89beebefba0a97a672fcdf0f725361.jpg
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Toshkent shahar hokimining poytaxt bozorlari va savdo shoxobchalaridagi asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilishga mo‘ljallangan "Bozor narxi" axborot tizimini ishlab chiqish borasidagi qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, "Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ tomonidan Toshkent shahrida bozorlar va savdo shoxobchalarida asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilish bo‘yicha "Bozor narxi" axborot tizimi ishlab chiqilgan."Bozor narxi" axborot tizimi 2021-yilning 1-noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi."Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ va "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUKka quyidagi vazifalar yuklangan:Asosiy mahsulotlar ro‘yxatiga 33 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan, ularning orasida go‘sht, baliq, tuxum, un, meva va sabzavotlar bor. Qayd etilishicha, har bir bozorga operator biriktiriladi va tizimga oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari haqida ma’lumot kiritib boriladi.Biriktirilgan xodimlar tegishli ish joyi hamda kompyuter texnikalari bilan ta’minlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20201217/Mirziev-bozorlarda-narkh-navo-spekulyatsiyasining-atiy-oldini-olish-vazifasini-ydi-15614804.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964303_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_9ffe408a59ac4bf8a9b3bb815e53fdc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent narx-navo bozor
Toshkent bozorlarida narxlar shaffof bo‘ladi - yangi tizim haqida tafsilotlar
15:28 29.10.2021 (yangilandi: 15:36 29.10.2021) "Bozor narxi" axborot tizimi 2021-yilning 1-noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi.
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Toshkent shahar hokimining poytaxt bozorlari va savdo shoxobchalaridagi asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilishga mo‘ljallangan "Bozor narxi" axborot tizimini ishlab chiqish borasidagi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, "Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ tomonidan Toshkent shahrida bozorlar va savdo shoxobchalarida asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilish bo‘yicha "Bozor narxi" axborot tizimi ishlab chiqilgan.
"Bozor narxi" axborot tizimi 2021-yilning 1-noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi.
"Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ va "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUKka quyidagi vazifalar yuklangan:
2021 yil 25-oktabrga qadar "Bozor narxi" axborot tizimini Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida foydalanish imkonini yaratsin va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
"Bozor narxi" axborot tizimidan foydalanishda elektron axborotlar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
"Bozor narxi" axborot tizimidan foydalanuvchilarga 3 kun muddatda amaliy seminar tashkil etib, tizimdan foydalanish va ma’lumotlarni kiritish bilan bog‘liq masalalarni batafsil tushuntirish.
Asosiy mahsulotlar ro‘yxatiga 33 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan, ularning orasida go‘sht, baliq, tuxum, un, meva va sabzavotlar bor. Qayd etilishicha, har bir bozorga operator biriktiriladi va tizimga oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari haqida ma’lumot kiritib boriladi.
Biriktirilgan xodimlar tegishli ish joyi hamda kompyuter texnikalari bilan ta’minlanadi.