Mirziyoyev bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasining qat’iy oldini olish vazifasini qo‘ydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda narx-navoning oshishi keskin tanqid qilindi. Buning oldini olish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash vazifalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, narx-navoning oshishi keskin tanqid qilindi. Buning oldini olish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi hududlar kesimida tahlil qilindi. O‘tgan oylarda narx-navo nisbatan oshgan viloyat va tumanlar ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddi idoralarga har bir hududda shtablar tashkil qilib, bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasi holatlarining qat’iy oldini olish vazifasi qo‘yildi.

Ichki va tashqi bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini, narx-navosini, mavjud ehtiyoj va talablarni kunlik tahlil qiladigan idoralararo ishchi guruh tuzilishi belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po razvitiyu lesnogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirishni buyurdi

Yangi yil bayrami arafasida talab oshishini inobatga olib, rastalarni mahsulotlar bilan to‘ldirish, dehqon bozorlari va yirik savdo obyektlarida yarmarkalar tashkil etib, ularga tovarlarni arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berish muhimligi aytildi.

Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin o‘zgarishi prognoz qilinmoqda. Shu bois ichki bozorga asosiy turdagi tovarlarni kafolatli yetkazib berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil qilinib, 50 million dollar ajratilgan.

Mirziyoyev ushbu mablag‘lar hisobidan birinchi navbatda o‘simlik yog‘i va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olib, kamida 3 oylik zaxira yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Xuddi shunday ishlar hokimliklar qoshida tashkil etilgan jamg‘armalar orqali ham amalga oshirilib, har bir hudud o‘z zaxirasini shakllantirishi kerakligi ta’kidlandi.

Bosh vazirga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, ichki bozorlarni tahlil qilib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini intervensiya qilish, bu borada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0