Narbayeva va Matviyenko telefon orqali muloqot qildi

© SputnikValentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva
Valentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna bo‘lish
Muloqotda parlamentlararo munosabatlar, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab oladigan O‘zbekiston-Rossiya aloqalarni mustahkamlash masalalariga urg‘u berdi.
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar parlamentlararo munosabatlar, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab oladigan O‘zbekiston-Rossiya aloqalarni mustahkamlash masalalariga urg‘u berdi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Vladimir Putin Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
13-15 oktabr kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Uchinchi Yevroosiyo ayollar forumi yakunlari va rossiyalik senatorlarning O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyalari tarkibidagi, shu jumladan, MDH Parlamentlararo Assambleyasidan xalqaro kuzatuvchilar guruhidagi faoliyati yakunlari muhokama etildi.
Rossiyalik kuzatuvchilarning O‘zbekiston prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Shuningdek, tomonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan hamda mehnat migratsiyasi, ta’lim va parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo komissiyaning oltinchi majlisi yakunlarini yuqori baholadilar.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonchli va muntazam muloqot ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0