Guantanamo mahbusi: “Men o‘lib qolaman deb o‘ylaganman”

© RIA Novosti / Denis Voroshilov"Guantanamo: turma na Ostrove Svobodi, ojidayushaya zakritiya"
Guantanamo: turma na Ostrove Svobodi, ojidayushaya zakritiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna bo‘lish
Guantanamo mahbusi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi qiynoqlari haqida gapirib berdi
TOShKENT, 29 okt – Sputnik. “Al-Qoida” terorristik guruhlarga yordam qo‘lini cho‘zgan AQShning Kubadagi Guantanamo hibsxonasi mahbusi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) so‘roq vaqtida qanday qiynoq usullarini qo‘llangani haqida ilk bor hikoya qilib berdi. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
Majid Xon sud majlisida harbiy jinoyatlari uchun o‘qilgan hukm qayta ko‘rib chiqilayotgan paytda, MRBg tergovchilari tomonidan idoraning mahfiy joylarida tahqirlanib kelgan.
Mahbusning aytishiga qaraganda, uni bir necha kunlarga xona shiftidagi yog‘ochlarga osib qo‘yishgan, uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ustiga muzday suv sepish amaliyotini qo‘llashgan, ochlik bilan tinkasini quritishgan, u shuningdek, muntazam do‘pposlangan va hattoki zo‘rlangan.
Bularning hammasi joylashuvi sir tutilgan har xil hibsxonalarda yuz bergan.
“Men, o‘lib qolaman”, – deb o‘ylaganman dedi u, sud majlisida.
Nashrning ma’lum qilishicha, Guantanoma hibsxonasidagi “o‘ta xavfli mahbus” ning ilk bora, sud majlisida boshidan o‘tkazgan “kuchli so‘roq” hikoyasini so‘zlab berish imkoniyati tug‘ilgani tarixda birinchi bor bo‘ldi.
Nashrning ma’umotiga ko‘ra, Xan o‘z aybiga iqror bo‘lib, “Al-Qoida” terrorchi guruhlariga yordam ko‘rsatib kelganligini, ularning rejalashtirgan lekin amalga oshmagan fitnalarining ishtirokchisi bo‘lganligiga aytib o‘tgan.
Xususan, u 2012-yilda unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni bo‘yniga olgan hamda tergov ishlariga hamkorlik qilishga rozilik bildirgan.
Jumladan, 2001-yil 11-sentabr voqealarga aloqador bo‘lgan hibsxonadagi qolgan yana 5 nafar mahbuslarga qarshi ko‘rsatmalar berishga rozi bo‘lgan.
“Qanchalik yaxshi hamkorlik qilib, hammasini gapira boshlaganim sari, meni kuchli qiynoqqa solaverishdi”, – dedi mahbus.
Harbiy ofitserlarning bir guruhi uni 25-yildan 40-yilgacha bo‘lgan davrga ozodlikdan mahrum etishlari mumkin, deyiladi agentlik ma’lumotida.
Biroq, agar u tergov bilan hamkorlik qilsa, bu muddat 11-yilgacha qisqarishi mumkin, lekin 2012-yildan beri, qamoqxonalarda saqlanib kelayotgan sobiq Guantanamo mahbusini, keyingi yil uchunchi davlatlarning hibsxonalariga ko‘chirilishi kutilmoqda.
Guantanamodagi xalqaro terrorchilik qamoqxonasi 2001-yil 11-sentabr xurujlaridan keyin tashkil etilgan. Avvalroq qator xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, YeXHT va BMT ekspertlari AQShning yangi ma’muriyatini Guantanamo qamoqxonasida ko‘plab mahbuslar sudsiz va tergovsiz ushlab turilgani va qiynoqlarga duchor bo‘lgani sababli uni zudlik bilan yopishga chaqirgan edi.
Turma Guantanamo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2019
Trampga “IShID” terrorchilarini Guantanamo qamoqxonasiga yuborish taklif qilindi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bundan 10-yil avval Guantanamoni yopish haqidagi farmonni imzolagan edi. Ammo Kongress qamoqxonani yopishni moliyalashdan bosh tortgani uchun Obamaning niyati amalga oshmasdan qolgan. AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelgach, Obamaning farmonini rasman bekor qildi. Shu bilan birga, Guantanamo qamoqxonasi orqali jami 775 ta mahbus o‘tgan, ulardan ko‘pchiligi sud oldida javob berishmagan.
Hozir qamoqxona joylashgan AQShning Kubadagi bazasida 39 nafar mahbus qolmoqda. Ularning 11 nafari harbiy jinoyat sodir etganlikda ayblangan.
Yangiliklar lentasi
0