TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Senatorlar guruhi AQSh prezidenti Donald Trampga Guantanamoda yangi mahbuslar uchun harbiy qamoqni ochib, u yerga qo‘lga olingan “Islom davlati” jangarilarini yuborishni taklif qilishdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Xat nusxalarini senatorlar Tom Kotton, Ted Kruz, Marko Rubio va Jon Kornin imzoladi.
Bu maktub sobiq prezident Barak Obamaning Guantanamoni yopish to‘g‘risidagi qarorni 10-yilligiga bag‘ishlangan.
Obamaning niyatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki kongress qamoqxonani yopishni moliyalashtirishdan bosh tortgandi.
Tramp hukumat tepasiga kelishi bilan Obamaning qarorini bekor qildi. Guantanamo bo‘yicha yangi xulosalar paydo bo‘lmayapti.
AQSh rahbarligidagi koalitsiya Suriyada yetti yuzga yaqin terrorchilarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Ular “Suriya demokratik kuchlari” nazorati ostida saqlanmoqda. Senatorlar bu jangarilar qochib, yana xavf tug‘dirishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda.
“Biz “Islom davlati” eng ashadiy jangarilarini Guantanamo orolidagi obyektga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqilishini taklif qilmoqdamiz”, - deb yozishgan senatorlar.
Guantanamo qamoqxonasi orqali jami 775 ta mahbus o‘tgan, ulardan ko‘pchiligi sud oldida javob berishmagan. Hozir qamoqxona joylashgan AQShning Kubadagi bazasida 40 nafar mahbus qolmoqda.
Guantanamo qamoqxonasi AQSh jamoatchiligida uncha ommabop emas. Chunki ko‘plab mahbuslar u yerga sud, tergovsiz joylashtirilgan va qiynoqqa solingan.