Qashqadaryoda gaz balloni portlashi oqbitida “Nexia” yo‘q bo‘lib ketdi

vzriv gaz ballona  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi va unda bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olishgan
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Qashqadaryo viloyatida “Nexia” avtomobilining gaz balonida portladi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 27-oktabr kuni, soat 13:30 da viloyatning Chiroqchi tumanida joylashgan “Fayz” choyxona binosining ro‘parasida ro‘y bergan. U yerda to‘xtab turgan “Nexia” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon portlab ketgan.
Buning oqibatida avtomobil ichida bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi va 1 nafar avtomobil yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda viloyat IIB, FVB va prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0