O‘zbekistonda bir qator tuman hokimlari “vaqt mashinasi ixtiro qilishdi”

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Taxiatosh, Boysun, Bo‘ston va Termiz tumani hokimlari qarorlarni o‘tib ketgan sana bilan imzolashgan.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda bir qator tumanlar hokimlari tomonidan imzolangan xalq deputatlari Kengashlarini majlisga chaqirish to‘g‘risidagi qarorlari o‘tib ketgan sanaga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatilgan xabarlar tarqaldi. Bunga O‘zA direktor o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev e’tibor qaratdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimov 5-oktabrda qaror chiqarib, Xalq deputatlari tuman Kengashining majlisini 4-oktabr kuniga;
Surxondaryo vilochati Boysun tumani hokimi A.Jo‘rayev 13-oktabrda qaror chiqarib, deputatlar majlisini 11-oktabrga;
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi v.b. S.Nosirova esa 13-oktabrda qaror chiqarib, 9-oktabrga deputatlar majlisini chaqirgan.
Shuningdek, Termiz tumani hokimi Sh.O‘rinov 25-oktabrdagi qarori bilan, deputatlar majlisini 21-oktabrga chaqiradi.
Surxondaryo viloyatining Termiz va Boysun tumani hokimliklari ushbu holat yuzasidan izoh berishdi.
Termiz tumani hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haqiqatdan ham tuman hokimining sessiya chaqirish to‘g‘risidagi qarori 21-oktabr kuniga belgilangan bo‘lsada, bu haqda 25-oktabr kuni qaror qabul qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, ishga yangi qabul qilingan xodim tomonidan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilib, qaror loyihasi rahbarga imzolash uchun kech kiritilgan.
“Yuqoridagi holatga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimga nisbatan amaldagi qonunlar asosida chora ko‘rilishi ta’minlanib, kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.
Boysun tumani hokimligi bu xabarga munosabat bildirib, haqiqatdan 13-oktabrdagi qaror bilan 11-oktabr kuniga sessiya chaqirilganini tan olgan.
Bunga aybdor qilib mas’ul xodim ko‘rsatilgan. Ya’ni, mas’ul xodimning e’tiborsizligi tufayli tayyorlangan qaror loyihasi kechiktirib elektron dasturga kiritilgan.
Hokimlik mas’ul xodimga intizomiy chora qo‘llanganini, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan.
Papka s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Hokim va ularning o‘rinbosarlari reytingi e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0