Hokim va ularning o‘rinbosarlari reytingi e’lon qilindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab hokimlarning faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi reyting e’lon qilindi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekistonning barcha tuman, (shahar)larida hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatining baholash reytingini e’lon qildi.
Yuqori ko‘rsatkichli viloyatlar reytingida Navoiy viloyati (87 ball) peshqadamlik qilmoqda qilmoqda. Keyingi yuqori o‘rinlarda Xorazm (86), Andijon (84), Buxoro (84) viloyatlari. Eng oxirgi pog‘onani Surxondaryo viloyati egallagan (66).
Ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar reytingida Qorovulbozor tumani (Buxoro) 98,2 ball bilan 1-pog‘onada qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Yangibozor tumani (Xorazm), Shirin shahri (Sirdaryo), G‘azg‘on shahri (Navoiy) va Mirobod tumani (Toshkent shahri) band etib turibdi.
Ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar reytingida Sariosiyo tumani (Surxondaryo) 1-o‘rinni egallagan (60,8 ball). Undan keyin Chiroqchi (Qashqadaryo), Bo‘stonliq (Toshkent v.), Pastdarg‘om (Samarqand) tumanlari keltirilgan.
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2020
Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi
Hokim o‘rinbosarlarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingida 1 -o‘rin Navoiy viloyatining G‘azg‘on shahriga nasib etgan. Keyingi yuqori o‘rinlarni Yangihayot tumani (Toshkent sh.) va Ulug‘nor (Andijon) tumanlari band etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident qarori bilan hokimlarning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi joriy etilgan edi. Ular faoliyati "qoniqarsiz", "qoniqarli", "yaxshi" va "a’lo" deb baholanadi.
Yangiliklar lentasi
0