https://oz.sputniknews.uz/20211028/ozbekiston-va-rossiya-temir-yol-orqali-mahsulot-etkazib-berishni-1-mln-tonnaga-etkazmoqchi-21141943.html
O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l orqali mahsulot yetkazib berishni 1 mln tonnaga yetkazmoqchi
O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l orqali mahsulot yetkazib berishni 1 mln tonnaga yetkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Sardor Umurzakov Maksim Reshetnikov hamraisligida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 28.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-28T18:44+0500
2021-10-28T18:44+0500
2023-04-05T18:34+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
meva-sabzavot
sardor umurzakov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0a/20024218_0:172:3025:1874_1920x0_80_0_0_814ca776af9ec26f97d0988ae3241e6d.jpg
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l orqali mahsulot yetkazib berishni 2030-yilga borib 1 mln tonnagacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo yig‘ilishida ma’lum qildi.O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zaro savdoni rivojlantirishning ijobiy tendensiyalari muhokama qilindi.Bu borada hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha ulkan imkoniyatlar borligi qayd etildi. Jumladan, sovutgichli vagonlardan tashkil topgan temir yo‘l poyezdlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jadal yetkazib berish bo‘yicha “Agroekspress” loyihasi O‘zbekiston-Rossiya savdosini rivojlantirish drayveriga aylanishi mumkin.Loyiha doirasida O‘zbekistondan yangi uzilgan meva va sabzavotlarni birinchi marta yetkazib berish joriy yilning noyabr oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 624,9 mln dollarlik 1,1 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Shundan 289 ming tonnasi Rossiyaga jo‘natilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210927/rossiya-va-ozbekiston-ortasidagi-agroekspress-noyabr-oyida-yolga-qoyiladi-20659396.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0a/20024218_148:0:2877:2047_1920x0_80_0_0_e0547d121f9a61672a4eac55bc631b7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, meva-sabzavot, sardor umurzakov, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, meva-sabzavot, sardor umurzakov, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l orqali mahsulot yetkazib berishni 1 mln tonnaga yetkazmoqchi
18:44 28.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Sardor Umurzakov Maksim Reshetnikov hamraisligida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l orqali mahsulot yetkazib berishni 2030-yilga borib 1 mln tonnagacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo yig‘ilishida
ma’lum qildi. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zaro savdoni rivojlantirishning ijobiy tendensiyalari muhokama qilindi.
Bu borada hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha ulkan imkoniyatlar borligi qayd etildi. Jumladan, sovutgichli vagonlardan tashkil topgan temir yo‘l poyezdlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jadal yetkazib berish bo‘yicha “Agroekspress” loyihasi O‘zbekiston-Rossiya savdosini rivojlantirish drayveriga aylanishi mumkin.
Loyiha doirasida O‘zbekistondan yangi uzilgan meva va sabzavotlarni birinchi marta yetkazib berish joriy yilning noyabr oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan.
“Bizning mushtarak maqsadimiz 2030-yilga borib mamlakatlarimizga temir yo‘l orqali 1 mln tonna mahsulot yetkazib berishdir”, - dedi Rossiya vaziri.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 624,9 mln dollarlik 1,1 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Shundan 289 ming tonnasi Rossiyaga jo‘natilgan.