Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yo‘lga qo‘yiladi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli Respubliki UzbekistanV Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu
V Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya tomonining so‘zlariga ko‘ra, bojxona nazoratidan tez o‘tish jarayoni hamda maxsus temir yo‘l tariflari ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Toshkent va Moskva o‘rtasidagi agropoyezdlar noyabr oyida yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov uchrashuvi davomida ma’lum bo‘ldi.
“Agroekspress” loyihasi ikki mamlakatlar o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini refrijerator poyezdlarida muntazam tashishni nazarda tutadi.
Rossiya tomonining so‘zlariga ko‘ra, bojxona nazoratidan tez o‘tish jarayoni hamda maxsus temir yo‘l tariflari ishlab chiqilgan.
“O‘zbekistondan yangi uzilgan meva va sabzavotlarning birinchi pilot yetkazib berilishi shu yil noyabrida tashkil etilishiga umid qilyapmiz, dekabr oyida esa doimiy ravishda “Agroekspress” harakatlanishni boshlaydi”, - dedi Maksim Reshetnikov.
Rossiya O‘zbekistondan yetkazib beriladigan sifatli meva va sabzavotlar hisobiga o‘z ichki bozorini, ayniqsa, mavsumlar orasida ta’minlashga umid qilmoqda.
O‘z navbatida Rossiyadan O‘zbekistonga un, go‘sht va boshqa agrosanoat mahsulotlari keltiriladi.
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pi bilan besh kunda yetkazib beriladi
Yangiliklar lentasi
0