Boks: Lazizbek Mullajonov eronlik raqibi ustidan g‘alaba qozondi

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksor Lazizbek Mullojonov
Boksor Lazizbek Mullojonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Belgraddagi boks bo‘yicha Jahon chempionatida Lazizbek Mullajonov birinchi jangida g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 4-kungi bahslarida Lazizbek Mullajonov g‘alaba qozondi.
+92 kg vazn toifasida harakat qiladigan Lazizbek Mullajonov eronlik Puria Amiriga qarshi ringga ko‘tarildi. Dastlabki ikki raundda ustunlikka erishgan Lazizbek 4:1 hisobida ustun keldi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Lazizbek endi navbatdagi jangini angiyalik Delikous Oriyega qarshi o‘tkazadi.

JChda o‘zbekistonlik bokschilar ishtiroki

28 oktabr kuni Mirazizbek Mizaxalilov amerikalik bokschiga mag‘lub bo‘lib, o‘z ishtirokini yakunladi. 27-oktabr kuni Shohjahon Abdullayev belgiyalik bokschiga qarshi jangda nokautni qabul qilib oldi. 26-oktabr kungi bahslarda Saidjamshid Ja’farov slovakiyalik raqibi yengib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba Saken Bibossinovga berildi. Shu tariqa Do‘stmatov musobaqa bilan xayrlashdi.
26 oktabr kuni Odiljon Aslonov jangsiz 1/16 finalga yo‘l oldi. Chunki uning tanzaniyalik raqibi noma’lum sababga ko‘ra jangga chiqmaydigan bo‘ldi. Chempionatning birinchi kunida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev irlandiyalik raqibidan ustun keldi.
Yangiliklar lentasi
0