https://oz.sputniknews.uz/20211027/etim-bolalarni-uy-joy-bilan-taminlash-tartibi-belgilandi---hukumat-qarori-21110615.html
Yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi - Hukumat qarori
Yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi - Hukumat qarori
Sputnik O‘zbekiston
Yetim bolalarga uyga order qay tartibda beriladi
2021-10-27T11:41+0500
2021-10-27T11:41+0500
2021-10-27T11:41+0500
jamiyat
uy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1e/15505258_0:263:3073:1991_1920x0_80_0_0_192fbd9787826cb1712d12ece2dfa4ee.jpg
TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Hujjatga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar viloyat hokimliklari tomonidan bozordagi ko‘p kvartirali uylardan ajratiladi. Bunda o‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni muassasada bo‘lish muddati tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat”ga kiritib boradi. ️Bolalarga 18 yoshga to‘lgan yilda:- ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali; - voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to‘lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.Nizomga ko‘ra, uy-joylar tuman hokimligi tomonidan ajratilib, yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega holda topshiriladi. Uy joy bilan ta’minlanish holati haqidagi ma’lumotlar har oyda yangilanadi va Xalq ta’limi vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtirib boriladi. Uy-joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi order beradi va ushbu order berilgan uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi. Orderlar “onlayn-navbat” axborot tizimidagi qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi. Uy-joy order berilgan kundan 10 kundan kechikmay notarial rasmiylashtiriladi.Qarorga ko‘ra shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan: - yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi;- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish “Vasiylik va homilik” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi. 2022/2023 o‘quv yilidan “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida “Vasiylik” va “Homiylik” sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20190801/Etim-bolalarni-turar-joylar-bilan-taminlashga-doir-hujjat-tayorlandi-12146897.html
https://oz.sputniknews.uz/20210617/aholini-uy-joy-bilan-taminlash-borasida-qanday-ishlar-amalga-oshirilmoqda-19286194.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1e/15505258_59:0:2790:2048_1920x0_80_0_0_80682fccbe44855b4b3c49bcfec0b6e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yetim bolalar uy-joy ta’minoti
yetim bolalar uy-joy ta’minoti
Yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi - Hukumat qarori
Orderlar “onlayn-navbat” axborot tizimidagi qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi.
TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar viloyat hokimliklari tomonidan bozordagi ko‘p kvartirali uylardan ajratiladi.
Bunda o‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni muassasada bo‘lish muddati tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat”ga kiritib boradi.
️Bolalarga 18 yoshga to‘lgan yilda:
- ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali;
- voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.
Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to‘lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.
Nizomga ko‘ra, uy-joylar tuman hokimligi tomonidan ajratilib, yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega holda topshiriladi.
Uy joy bilan ta’minlanish holati haqidagi ma’lumotlar har oyda yangilanadi va Xalq ta’limi vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtirib boriladi.
Uy-joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi order beradi va ushbu order berilgan uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi.
Orderlar “onlayn-navbat” axborot tizimidagi qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi.
Uy-joy order berilgan kundan 10 kundan kechikmay notarial rasmiylashtiriladi.
Qarorga ko‘ra shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan:
- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi;
- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish “Vasiylik va homilik” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi.
2022/2023 o‘quv yilidan “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida “Vasiylik” va “Homiylik” sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.