Yetim bolalarni turar joylar bilan ta’minlashga doir hujjat tayyorlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo mnogokvartirnix jilix domov v Andijanskoy oblasti
Stroitelstvo mnogokvartirnix jilix domov v Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror loyihasiga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turar joylarini bronlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Xashar v Rishtane  - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri majburiy mehnatning hashardan farqini tushuntirdi

Hujjatga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turar joylarini bronlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari yashab turgan turar joylarni ular tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga ko‘ra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtiriladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

Bronlashtirilgan va biriktirilgan turar joyga ega bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida turar joyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.

Loyihada aytilishicha, vasiylik va homiylik organlari yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarini belgilangan talablar bo‘yicha saqlanishini nazorat qilish maqsadida turar joylarni bir yilda kamida ikki marotaba joyiga borib o‘rganadi.

Hujjat loyihasi 16-avgustgacha muhokama qilinadi.


Yangiliklar lentasi
0