https://oz.sputniknews.uz/20211027/afgoniston-hukumati-hozircha-termizdan-bmt-komagini-olib-kirishga-ruxsat-bermagan-21112881.html
Afg‘oniston hukumati hozircha Termizdan BMT ko‘magini olib kirishga ruxsat bermagan
Afg‘oniston hukumati hozircha Termizdan BMT ko‘magini olib kirishga ruxsat bermagan
Sputnik O‘zbekiston
Olib kelingan yordamning umumiy og‘irligi 100 tonnani tashkil etadi. Yuklar manzilga yuborilgunga qadar “Termiz kargo markazi”da saqlanadi. 27.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-27T13:07+0500
2021-10-27T13:07+0500
2021-10-27T13:07+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
bmt
afg‘oniston
tolibon
termiz
insonparvarlik yordami
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20198155_0:0:3246:1827_1920x0_80_0_0_197fd5f4f60134a657cdf165d05c4b36.jpg
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Afg‘oniston hukumati Termizga olib kelingan BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordamini olib kirishga hozircha ruxsat bermagan. Bu haqda RIA Novostiga boshqarma vakili ma’lum qildi.15−17 oktabr kunlari Afg‘oniston uchun BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining gumanitar yordami ortilgan uchta samolyot Termiz xalqaro aeroportiga qo‘ngan edi. Olib kelingan favqulodda yordamning umumiy og‘irligi 100 tonnani tashkil etadi. Yuklar manzilga yuborilgunga qadar “Termiz kargo markazi”da saqlanadi.Gumanitar yordam yuk mashinalariga ortilishi va u yerdan esa Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga “Termiz — Hayraton” chegara punkti orqali yetkazilib berilishi kerak.Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishiAvgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20211013/bmt-ozbekiston-orqali-afgonistonga-gumanitar-yordam-jonatadi-20888260.html
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20198155_296:0:3027:2048_1920x0_80_0_0_5ef55c7db3266c997e8e1764e60f2061.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, bmt, afg‘oniston, tolibon, termiz, insonparvarlik yordami
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, bmt, afg‘oniston, tolibon, termiz, insonparvarlik yordami
Afg‘oniston hukumati hozircha Termizdan BMT ko‘magini olib kirishga ruxsat bermagan
Olib kelingan yordamning umumiy og‘irligi 100 tonnani tashkil etadi. Yuklar manzilga yuborilgunga qadar “Termiz kargo markazi”da saqlanadi.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Afg‘oniston hukumati Termizga olib kelingan BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordamini olib kirishga hozircha ruxsat bermagan. Bu haqda RIA Novostiga boshqarma vakili
ma’lum qildi. “Yuk hozircha Termizda bo‘lib turibdi. Uni yetkazib berish sanasi afg‘on tomonidan olib kirishga ruxsat berishiga bog‘liq bo‘ladi va bu masalani Kobuldagi Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarma hal etadi”, - degan boshqarma vakili.
15−17 oktabr kunlari Afg‘oniston uchun BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining gumanitar yordami ortilgan uchta samolyot Termiz xalqaro aeroportiga
qo‘ngan edi. Olib kelingan favqulodda yordamning umumiy og‘irligi 100 tonnani tashkil etadi. Yuklar manzilga yuborilgunga qadar “Termiz kargo markazi”da saqlanadi.
Gumanitar yordam yuk mashinalariga ortilishi va u yerdan esa Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga “Termiz — Hayraton” chegara punkti orqali yetkazilib berilishi kerak.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga
bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi
ma’lum bo‘ldi.* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.