BMT O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natadi

© Slujba novostey OONV Uzbekistane jdut perviy bort OON s pomoshyu dlya Afganistana
V Uzbekistane jdut perviy bort OON s pomoshyu dlya Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Gumanitar yordam ortilgan uchta samolyotni dastlab O‘zbekistonga yuborish rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekiston orqali afg‘on xalqiga gumanitar yordam jo‘natadi.
Gumanitar yordam ortilgan uchta samolyotni dastlab O‘zbekistonga yuborish rejalashtirilmoqda. Keyin gumanitar yuk Termizdan Hayraton chegara punkti orqali Mozori Sharifga yetkaziladi.
Termizga samolyotlarning birinchisi oktabr oyining o‘rtalarida kelishi kutilmoqda. Gumanitar yuklarda birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkaziladi.
BMT bugungi kunda afg‘on oilalarining atigi besh foizi yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta’minlangani haqida ogohlantirgan.
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Afg‘oniston qarzlarni to‘lash uchun BMTdan 90 million dollar yordam so‘radi
O‘zbekiston mustaqil ravishda ham Afg‘onistonga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Sentabr o‘rtalarida qo‘shni mamlakatga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bundan tashqari, respublika Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlar bilan afg‘on xalqiga yordam berish masalalarini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, BMT Afg‘onistonga oziq-ovqat yordamini ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda asosiy logistika markazini tashkil etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0